Главная » 2015 » Апрель » 4 » Aktrisa Zuhra Soliyeva: “Bugun meni ranjitgan, tushkunlikka tushib qolishimga sabab bo‘lgan insonlardan minnatdorman”
12:22
Aktrisa Zuhra Soliyeva: “Bugun meni ranjitgan, tushkunlikka tushib qolishimga sabab bo‘lgan insonlardan minnatdorman”

“‘Sendan aktrisa chiqmaydi, kadrga mos emassan. Na ijodda, na shaxsiy hayotda biror nimaga erishding…’ Bu so‘zlarni eshitish, ‘hazm qilish’, yana ortga tashlab, ‘Baribir aktrisa bo‘laman’ deyishim oson bo‘lmadi”, – deya aktrisa Zuhra Soliyevaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Sug‘diyona” gazetasi.

Zuhra Soliyeva aynan tanqidlardan so‘ng o‘zida kuch topib, ishonchi shakllanganini qayd etdi: “Bugun o‘sha meni ranjitgan, tushkunlikka tushib qolishimga sabab bo‘lgan insonlardan minnatdorman”.

Aktrisa ilk rolini 32 yoshida ijro etganini yodga olar ekan, ijodni kech boshlagan bo‘lsa-da orzusi armonga aylanmaganidan xursand ekanligini ta’kidladi.

“Ortga qarab ‘Uddaladim’, deyman. Tashqi ko‘rinish, atrofdagilarning fikri, tanqidlar emas, muhimi o‘zingizda intilish bo‘lishi kerakligiga ishondim, bundan keyin ham ishonib yashayman”, – dedi ijodkor.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: MASHXURLAR XAYOTI | Просмотров: 2848 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]