Главная » 2015 » Апрель » 3 » Lolaning yangi klip suratga olish jarayonidagi libosi ham muhokama mavzusiga aylandi
22:12
Lolaning yangi klip suratga olish jarayonidagi libosi ham muhokama mavzusiga aylandi

Suratlarini internet orqali tomosha qilgan 100 mingdan ortiq kuzatuvchilarning tanqidini inobatga olmagan xonanda Lola hamkasbi Rayhonning joriy yildagi konsertida yanada ochiq libosda namoyon bo‘lgan edi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

Lolaning yelkasi va oyoqlari ochiq holatdagi surati qo‘l telefonlari orqali yashin tezligida tarqaldi.

O‘tgan hafta esa Lola va Rayhon yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Klip jarayonlaridagi Lolaning ochiq libosi muhokama maydonining asosiy mavzusiga aylandi, deyiladi manbada.

Klip suratga olish jarayonida. Foto: Facebook / Lola Yuldasheva

Klip suratga olish jarayonida. Foto: Facebook / Lola Yuldasheva

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola kelgusida milliy mentalitetimizga zid liboslar kiymaslikka, bunday holatlar qaytarilmasligiga va’da bergani xabar qilingan edi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou biznes | Просмотров: 4546 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
22:15
Manba: DARYO.UZ
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]