20:38 O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi | |
Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jasur Boyqo‘ziyev Rio Olimpiadasi yo‘lidagi dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Boyqo‘ziyevning 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga borishi deyarli oydinlashdi. Eslatib o‘tamiz, Jasur Boyqo‘ziyev o‘tgan hafta Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya Ochiq chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ushbu musobaqada 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari ham o‘ynalgandi. Boyqo‘ziyev hal qiluvchi final bellashuvida britaniyalik Massop-Muhammad Lutaloni mag‘lubiyatga uchratgandi. Yarim finalda ozarbayjonlik Radik Isayevdan ustun kelgan bo‘lsa, chorak finalda italiyalik raqibi Karlo Molfetta taslim etilgan edi. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 2245 | |
Всего комментариев: 0 | |