Главная » 2015 » Апрель » 6 » Ozodbek Nazarbekov: Qiz uzatganda yig‘lamayman deb o‘ylagandim, bo‘lmadi
01:21
Ozodbek Nazarbekov: Qiz uzatganda yig‘lamayman deb o‘ylagandim, bo‘lmadi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov otalik va qaynotalik maqomi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.

Ozodbek Nazarbekov qiz uzatganida yig‘ladimi degan savolga ijodkor quyidagicha javob berdi: “Ha, yig‘ladim. Yig‘lamayman deb o‘ylagandim, bo‘lmadi”.

Shundan so‘ng, Ozodbekka qaynotalik va otalik maqomlari haqida savol berildi.

“Yangi yil arafasidagi bir ko‘rsatuvda qaysidir qo‘shiqqa raqsga tushgan ekanman. Buni bayram kunlari takror-takror ko‘rsatishibdi, – dedi xonanda. – Uyga kelsam, ayolim buni o‘zimga qo‘yib berib, ‘Endi sizga bunaqa sakrab, raqsga tushishlar yarashmaydi’, deb qoldi.

Qarasam, o‘zimga ham erish tuyulib, televideniyedagilardan shu joyini olib qo‘yishlarini iltimos qildim. Mana sizga qaynotalik maqomi”.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou biznes | Просмотров: 2794 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
01:21
Manba: Daryo.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]