Главная » 2015 » Апрель » 6 » UzMobile GSM tarmog‘i 10-apreldan ishga tushiriladi
01:16
UzMobile GSM tarmog‘i 10-apreldan ishga tushiriladi

2015-yil 10-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UzMobile GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishi amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati ma’lum qildi.

2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingandi.

UzMobile filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 2807 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
01:17
Manba: Daryo.uz
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]