Главная » 2011 » Июль » 27 » Ziyodaning yangi qo'shig'i yaralishiga Adham Soliev sababchi...
12:29
Ziyodaning yangi qo'shig'i yaralishiga Adham Soliev sababchi...


Estradamiz yulduzi Ziyoda mustaqilligimiz 20 yilligiga bag'ishlab o'zining yangi

"Vatan" deb nomlangan taronasini muxlislar hukmiga havola qilish ilinjida yurgan edi. Bugungi kunga kelib mazkur qo'shiqning klipi ham tayyor bo'lgan. "Vatan" taronasining matn hamda musiqa muallifi Bahodir Nizomov bo'lsa, klipini ajoyib klipmeykerlar uchligi Sarvar, Izzatilla va yana bir Sarvar suratga olishgan. Xonandaning ta'kidlashicha tez kunda TV kanallari orqali mazkur tarona muxlislar e'tiboriga havola qilinar ekan. 

Shuningdek, Ziyoda xorazmcha yo'nalishdagi "Nazm" hamda "Qora ko'zlar" nomli yangi qo'shiqlari ustida ham javlon urib ishlayotgani haqida so'z ochib qoldi. Ziyodaning "Nazm" taronasi she'rini Hamrohbek yozgan bo'lsa, musiqasini Furqat Bobojonov bastalagan. "Qora ko'zlar" taronasini yaralishi haqida esa Ziyoda qiziq bir voqeani aytib berdi. Mazkur taronanining dunyoga kelishiga xonanda Adham Soliev sababchi bo'lgan ekan. Kunlarning birida Adham Soliev Ziyoda bilan bog'lanib mazkur taronani ijro etishni Ziyodaga taklif qiladi. Buni qarangki, xonanda Ziyoda o'sha zahotiyoq bu taronaning musiqasini tinglab ko'rishni istab admistratorini Adham Soliev xonadoniga borib kelishini so'raydi. Bu payt yurtimizda soat millari roppa-rosa tungi 1:00ni ko'rsatayotgan edi. Olib kelingan taronaning musiqasi hamda yo'nalishi Ziyodaga juda ham ma'qul tushadi va bu taklifga rozi bo'ladi. Ziyoda mazkur tarona muxlislar qalbidan joy olishiga ishonmoqda. Biroq, barini vaqt ko'rsatadi...
Просмотров: 1032 | Добавил: __DeRzKaYa__
Всего комментариев: 181 2 »
11:13
Omad ziyodaga
11:12
Omad ziyodaga
11:10
Omad ziyodaga
11:10
Omad ziyodaga
11:09
Omad ziyodaga
11:09
Omad ziyodaga
1-10 11-18
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]