[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Nimadan boshlash kerak ?
Sherzod_230688Дата: Shanba, 16.06.2012, 16:52 | Сообщение # 1
Майор
Группа: Sayt Prezidenti ( SP)
Сообщений: 4702
Статус: Оффлайн
Demak, boshlang`ich WAP ustalarini qiynovchi
savol: hammasini nimadan boshlash kerak?
Ushbu maqolada bu savolga javob berishga
harakat qilaman.
Birinchidan, sayt mavzusini aniqlab olish kerak,
ya`ni sayt nimaga yo`naltiriladi, balki bu siz
yoqtirgan sport turi haqidami, yoki siz
yashaydigan shahringiz haqidami, yoki
hobbyingiz, musiqalar, o`yinlar haqidami,
shaxsiy saytmi, xullas saytingiz uchun yo`nalish
aniq bo`lishi kerak. (Aks holda turli ma`lumotlar
aralash kelgan holda saytingizda doimiy
foydalanuvchini olib qololmasligingiz mumkin)
Ikkinchidan, yo`nalish tanlab olganingizdan
so`ng, saytni qayerda joylashtirishni
tanlashingiz kerak. Balki bu pullik xosting
bo`lishi mumkin, lekin men boshlang`ich WAP
ustalariga (hali sayt yaratishni o`rganayotganlari
uchun) konstruktorlardan foydalanishni tavsiya
etaman. Boshlanishi uchun bu aynan sizga
kerakligi.
Uchinchidan, men sizga sahifalarni katta qilib
yubormaslikni va grafikadan kamroq
foydalanishni tavsiya etaman. Bu WAP sayt
bo`lgani uchun, yodda tuting, trafik uchun
foydalanuvchi pul to`laydi va odatda mobil
internet tezligi ham uncha katta bo`lmaydi.
(Foydalanuvchi uchun juda chiroyli 1 ta 50 kb lik
sahifani ochgandan ko`ra, tushunarli grafikaga
ega 5 ta 10 kb lik sahifani ko`rgan foydaliroq.)
Eslab qoling, agar rangli sayt yaratishni
istasangiz HTML, xHTML sahifalardan
foydalaning, oq-qora sahifa uchun WML dan
foydalangan ma`qul.
Konstruktorlar ichida eng yaxshilaridan biri deb
WEN.RU ni tavsiya qilishim mumkin. Sayt
uchun odatda 200 MB joy beriladi(sayt
kiruvchanligi katta bo`lganda yana
kattalashtirish mumkin). Eng sodda va
tushunarli fayl boshqaruv tizimiga ega. Saytni
boshqarish uchun traffikni qisqartira oladigan
maxsus JAVA midlet yaratilgan. ZIP va RAR
arxivlarni tiklovchi arxivatorga, eng funksional
hisoblagichga va boshqa bir qator ustunliklarga
ega. Mutlaqo bepul, saytingiz kiruvchanligi katta
ko`rsatkichlarga erishgandan so`ng har bir sahifa
yuqori qismida reklama paydo bo`ladi. Kamchiligi
sayt uchun taqdim etiladigan servislarga kirish
muammo tug`diradi.
WML.SU - wen.ru ga yetarlicha raqobatlasha
oladigan konstruktor. Taqdim etaladigan sayt
servislari tilini ma`lum miqdorda o`zgartirish
mumkin. O`zbekiston WAP ustalari
ichida .wml.uz domenini tarqatishi hisobiga
ancha shuxrat qozongan. Kamchiligi fayl
boshqaruv tizimi nisbatan murakkab tuzilgan.


SEV.UZ
 
Sherzod_230688Дата: Shanba, 16.06.2012, 16:53 | Сообщение # 2
Майор
Группа: Sayt Prezidenti ( SP)
Сообщений: 4702
Статус: Оффлайн
manba: omad.wen.ru

SEV.UZ
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: