Главная » 2014 » Апрель » 12 » 14-aprelda Yerdan Mars sayyorasini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi
01:35
14-aprelda Yerdan Mars sayyorasini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi


14-aprel kuni Mars Yerga maksimal darajada yaqin keladi. Shu tufayli uni optik asbobsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Econews.uz xabar berdi.

Yer va Marsning bunday yaqinlashishi har 2 yil-u 50 kunda bir marotaba yuz beradi. Keyingi safar Marsni 2016-yilning 22-mayida bu darajada yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Mars Yerga eng yaqin kelgan tunda to‘liq oy tutilishi kuzatiladi. 14—15-aprelda to‘lin oy Mars kabi qizil rangga kiradi.

Ta’kidlash joiz, 9-aprel kuni Yer va Mars tutilishi yuz berdi, ya’ni Yer, Quyosh va Mars bir qatorga tizildi. Mars ikki yilda bir marotaba “tutilish” deb nomlanuvchi orbita nuqtasiga yetib boradi. Bu vaqtda qizil sayyora Quyosh to‘g‘risida joylashadi.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 595 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]