17:05 2011-yilda O‘zbekistonda 40 ming tonnadan ortiq muzqaymoq ishlab chiqarildi | |
Hisob-kitoblarga ko’ra, 2011-yilda O‘zbekistonda muzqaymoq ishlab chiqarish hajmi 40 ming tonnadan oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda. Agar 2011-yilda O‘zbekiston aholisi 29 million bo‘lgan deb olinsa, bu har bir kishiga o‘rtacha 1,37 kilogrammdan muzqaymoq to‘g‘ri keladi, degani. Agentlik xabariga ko’ra, bugungi muzqaymoq ishlab chiqarish nafaqat shahar va viloyat markazlarida, shu bilan birga chekka qishloqlarda ham keng yo’lga qo’yilgan. "Mamlakatimiz bo’yicha o’nlab kompaniya, xususiy va qo’shma korxonalar muzqaymoq tayyorlash bilan faol shug’ullanmoqda”, – deyiladi O‘zA xabarida. Xabarda korxonalar soni qancha ekanligi aniq ko’rsatilmagan. O‘zAning qayd etishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston muzqaymoq bozorida singapurlik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Singapore-Samarkand Ice Cream Factory” mas’uliyati cheklangan jamiyati yetakchilik qilib kelmoqda. "Ushbu korxonada tayyorlanayotgan "Dairy Classic”, "Chokocurle” va "Chokochips” brendi ostidagi muzqaymoqlar ekspertlar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan eng yaxshi mahsulotlar sifatida yillik tanlovlarda ko‘p bor e’tirof etilgan”, – deyiladi O‘zA xabarida. O‘zA xabarida ko’plab turdagi muzqaymoqlar ishlab chiqarayotgan MCHJlar qatorida, shuningdek, "Aminov Max”, "Sabe”, "Ice and Gold”, "Leccornia” kabilar eslab o’tilgan. Xususan, "Leccornia”ning faoliyatiga alohida to’xtalingan bo’lib, unda o’ttizga yaqin xodim mehnat qilayotgani, shahar bo’ylab firmaning o’z muzqaymoq do’konlari ochilayotgani qayd etilgan. O‘zA xabarida yozilishicha, jahon muzqaymoq bozori yiliga 4 foiz o’smoqda, ushbu mahsulotning jahondagi yillik savdo aylanmasi 57 milliard dollardan oshadi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 834 | |
Всего комментариев: 0 | |