Главная » 2012 » Июль » 16 » Abdulla Tangriyev muxlislardan uzr so‘radi
20:30
Abdulla Tangriyev muxlislardan uzr so‘radi

Qonidan kanabis (nasha) topilgani uchun Abdulla Tangriyev Londonda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtiroke etmasligini O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi rasman tasdiqladi. Bu haqdagirasmiy xabar 14-iyul kuni tashkilot saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi rasmiy saytida sportchining qonidan kanabis topilgani "rasmiy sabab” sifatida ko‘rsatilgan. Xabarda aytilishicha, "muxlislar ishonchini oqlay olmagani uchun Abdulla uzr so‘ragan”.

9-iyul kuni "Darakchi” gazetasi Abdulla Tangriyev oyog‘idan jarohat olgani va gips qilingani, shu sabab Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmasligi haqida xabar bergandi. 11-iyul kuni O‘zbekiston Dzudo federatsiyasi vakili Abdulla Tangriyev aynan jarohati sabab Londonga bormasligini "Kun.uz”ga tasdiqlagan edi.

12-iyul kuni Abdulla Tangriyevning organizmidan iyun oyida taqiqlangan modda topilgani, shu munosabat bilan u ikki yilga xalqaro musobaqalardan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Fransiyaning "Sports.fr” internet-nashri xabar berdi.

14-iyul kuni "Vatandosh” internet-nashrida Abdulla Tangriyev bilan intervyu e’lon qilingan bo‘lib, kurashchi u yerda ham "qattiq jarohat olgani”, jarohat sabab Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmasligidan "qattiq xafa bo‘lgani”ni bildirgan. Intervyu mualliflarining qayd etishlaricha, Tangriyevning o‘zi suhbat davomida diskvalifikatsiya haqida "lom-mim demagan”.

Abdulla Tangriyev dzudo bo‘yicha besh karra Osiyo chempioni, 2011-yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Tangriyev 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2003, 2005 va 2009-yilgi dzudo bo‘yicha jahon chempionatlarida ham ikkinchi bo‘lgan, kurash bo‘yicha 2005-yilgi jahon chempionati g‘olibi.

Xalqaro Dzudo federatsiyasining 9-iyul kuni e’lon qilingan yangi reytingida Abdulla Tangriyev 100 kilogrammdan ortiq vaznda 7-o‘rinni egallab turgan edi.

Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 869 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 4
20:17
Hudo hohlasa tört yil ötmiy qoldimi uzbek polvoni dunyoni mot qiladi holi omad kurawimizga
20:15
Rassiya
Mangoli
Nemisla
Törtinchisi yodda yu
Uzbekiston
20:13
Bewinchi örindi oldi uzbekiston dzudoda ex afsus
20:12
Yaxwi iw bömapdi uylagandim birinchilini oladi uzbek polvonlari deb
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]