Главная » 2012 » Июль » 1 » Qachon yomon bo'lar erkaklar! (BAXS) +
17:25
Qachon yomon bo'lar erkaklar! (BAXS) +

Qachon yomon bo‘lar erkaklar?
Bahslashib qoldi ayollar.
Dedim kulib, ular eng yomon,
Bilsangiz gar qorni och zamon!
Kuchi dunyo titratar lekin,
Engolmaydi oddiy toqatni.
"Xo‘p bo‘ladi” deng-u sekin,
Kechiktirmang aslo ovqatni.
Qorni och bo‘lganda ular,
Ko‘rinmaydi ko‘zda surmangiz.
Boqishlari bo‘ladi zahar,
Тa'sir etmas nozu ishvangiz!
Vaqti emas aylamoq izhor,
Ishvalarning barisi bekor.
Qorni gar och bo‘lsa yoringiz,
Тinglamaydi ohu-zoringiz.
Yomon so‘zni so‘zlamang zinhor,
O‘zingizni etmangda abgor.
Ko‘zlariga dunyo erur tor,
Xafa qilib qo‘ymog‘i ham bor!
Sovg‘a qilib eng shirin kalom,
Va keltiring lazzatli taom.
Zahringizni sochasiz siz ham,
Lek to‘yguncha aylang ehtirom.
Bilasizmi? Yorning qalbiga,
Oshqozondan yo‘lni topasiz.
Shirin taom qo‘yib oldiga,
So‘ng gapiring, shunda yoqasiz.
Qorni ochsa yomondan yomon,
Ammo bizga mustahkam qo‘rg‘on.
Shunday sodda xalqdir erkaklar,
Lekin oliy zotdir erkaklar.
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 661 | Добавил: MR_PRIKOL
Всего комментариев: 3
15:19
Vax xaxaxaxaxa tögri etdi. Gap yu zör
19:16
Ажойибку бу койил
01:21
xaxaxaxax
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]