Главная » 2015 » Январь » 21 » Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqi hisobiga 300 mln rubl o‘tkazdi
16:22
Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqi hisobiga 300 mln rubl o‘tkazdi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqi hisobiga 300 million rublni beminnat o‘tkazib bergani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Sportbox.ru”. Bu JCh — 2014 arafasidayoq sodir bo‘lgan, shunday bo‘lsa-da, tashkillashtirish ishlarida baribir moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi.

“Xayriya faoliyati doirasida Alisher Usmonov har yili Rossiya sportini qo‘llab-quvvatlashga 100 millionlab rubl yo‘naltiradi, shu jumladan Rossiya futbol ittifoqiga ko‘maklashishda davom etmoqda”,— dedi Usmonovning vakili.

Uning ta’kidlashicha, biznesmen pulni faqat ko‘chirib beradi, uni taqsimlash ishlari to‘liq tashkilotlar rahbariyati bo‘yniga tushadi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 4110 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]