Главная » 2011 » Декабрь » 20 » Alisher Uzoqov Nikoh To'yi...
22:48
Alisher Uzoqov Nikoh To'yi...
2011 yilning 15 dekabr kuni Alisher Uzoqov ham bo'ydoqlar ro'yhatidan 
rasman o'chirildi. Endi u kuyovbola! Alisher Uzoqovning nikoh oqshomi
shahrimizning ko'rkam restoranlaridan biri "Oqshom" restoranida bo'lib o'tdi.
Unga tashrif buyurgan mehmonlarni esa ro'yxona eshigidanoq
kutilmagan "shok"ka tushiruvchi holatlar qarshi oldi! Barchaga ma'lum, ayniqsa san'atkorning to'yiga tashrif buyuruvchilar juda ko'p bo'ladi. Biroq,
to'yxonadagi joylar soni esa cheksiz emas. Buni oldini olish
maqsadida to'yxona eshik oldidanoq mehmonlarni "Tekshiruvchi
Security"lar kutib olishdi. Agar taklifnomangiz bo'lmasa, hattoki uyda qolib
ketgan bo'lsa ham to'yxonaga kirish ta'qiqlanadi! Bu birinchi e'tiborni
tortgan vaziyat bo'lsa, yana biri to'yxona eshigi yonginasida turgan ajoyib avtomashina. Bu yengil avtomashina ssenariy bo'yicha o'tkazilayotgan
nikoh oqshomida viktorina o'tkazilib, viktorina g'olibiga mana shu
avtomobil sovg'a qilinishi rejalashtirilgan ekan. Bu ham hammani birdek
e'tiborini tortdi. Ammo, afsuski mana shu viktorinaga qadar kutib o'tirishga
imkon bo'lmadi. Sababi, boshqa muhim ishlarimiz bilan to'yxonani ertaroq
tark etishimizga to'g'ri keldi. Eshik oldidanoq teleboshlovchi Ravshan Hakimov estrada va kino yulduzlarini videokameralar yordamida, interyu
shaklida kutib olganligi ham ushbu nikoh oqshomining "fishka"laridan biri
bo'ldi deb aytishimiz mumkin. Shou-biznes vakillari esa nikoh kechasiga
odatga ko'ra o'z avtomobillarida emas, uzun limuzinda kirib kelishlari ham
ssenariyga kiritilgan edi. Shunday ham bo'ldi. Alisher Uzoqovning
kuyovjo'rasi esa shou-biznesdan ancha yiroq kasb egasi ekanligi ham biroz ajablantiradi - Odil Ahmedov! Ha, bu o'sha futbol bo'yicha O'zbekiston
Milliy terma jamoasi vakili Odil Ahmedov.Xullas, kelin-kuyov Alisher Uzoqov
va Mohinurni tabriklash uchun deyarli barcha yulduzlar tashrif buyurishdi.
Jumladan, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Rayhon, Shahzoda
Matchonova, Zarina Nizomiddinova, Jahongir Poziljonov, Farruh Soipov,
Sanjar Shodiev, Madina Mumtoz, Ozodbek Nazarbekov, Ziyoda, Shohruhxon, Samandar, Aziz Rametov, Mirjamol, Doniyor Agzamov, Oybek va Nigora,
Dilshod Kattabekov, Zuhra Solieva, Dilshod Xoliqov, "Shod" guruhi, Adiz
Rajabov, Iroda Nosirova, Erkin Komilov, Abzal Rafiqov, Mahmud Ismoilov,
Shohida Ismoilova, Yayra Abdullaeva, Elyor Nosirov, Behzod
Muhammadkarimov, Yodgor Sa'diev va juda-juda ko'p yulduzlar. Qisqa qilib
aytganda, haqiqiy yulduzlar yog'dusi!Kechani olib borish vazifasi, ya'ni to'yxonani ichida nikoh oqshomini olib borish vazifasi Davron Kabulov
 hamda Zarina Nizomiddinovalarga ishonib topshirildi.
Категория: Shou biznes | Просмотров: 1406 | Добавил: -=BENOM=-
Всего комментариев: 7
23:15
Baxt tileymiz
13:57
Uylanibdida. Endi sal kamroq rol oynar
17:03
omad
17:02
va nihoyat uylanibdi endi bosilib qolar
23:24
Ha juda zur
02:41
zo'r
00:26
Daxshati
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]