06:42 “Apple” “iPhone 5”ni namoyish etdi | |
"Apple” kompaniyasi 12-sentabr kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida "iPhone 5” smartfonini namoyish etdi. Bu haqda "Lenta.Ru” internet-nashri xabar bermoqda. Kompaniya vitse-prezidenti Fil Shillerning so‘zlariga ko‘ra, qurilma "to‘liq shisha va alyuminiydan tayyorlangan” (qurilmaning orqa qismi alyuminiyli hisoblanadi). U o‘zining "ajdodlari”ga nisbatan yengil va ingichkadir. Smartfonning qalinligi 7,6 millimetrga teng bo‘lgani holda, og‘irligi 112 grammdir. "iPhone 5”da diagonali to‘rt dyuymli "Retina” ekranidan foydalanilgan, shu sabab yangi smartfon "iPhone 4S”dan ko‘ra "sifatliroq” ko‘rinadi. Bir dyuymga 326 dona piksel sig‘adi, ekranning kengligi esa 1136ga 640 nuqtaga teng. Ekranda ikonlarng besh gorizontal qatori ko‘rinib turadi. Ko‘plab ilova-dasturlar, xususan, pochta, taqvim, "iWork” va "GarageBand” paketlarini yangi displey asosida "qayta chizib” chiqishadi. Boshqa dasturlarda esa ekranning chekkalarida qora "hoshiyalar” paydo bo‘ladi. Yangi smartfon, "iPhone 4S”dan farqli o‘laroq, LTE tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. "iPhone 5”da A6 protsessori ishlatilgan. Shillerning qayd etishicha, avvalgi model bilan taqqoslaganda yangisining samaradorligi va grafik tizimi ikki barobar o‘sgan. Apparat kutish rejimida, quvvatlantirishsiz – 225 soat, video tomosha qilish jarayonida – 10 soat, 3G tarmog‘iga ulangan holda so‘zlashuv rejimida esa 8 soat davomida ishlab turishi mumkin. "iPhone 5”ning asosiy kamerasi ajrata olishi 8 pikselga teng. Obyektiv sapfir shishasidan tayyorlangan. Foydalanuvchi smartfon kamerasidan foydalangan holda panoramali rasmlar olishi mumkin. Smartfonning old tarafidagi kamera bilan esa ajrata olishi 1080p’ga teng bo‘lgan video olsa bo‘ladi. "iPhone 5”ning avvalgi smartfonlardan yana bir farqli jihati – unda dok-stansiyaning razyomi yangilanadi. "Apple” qurilmalarida 2003-yildan beri foydalanib kelinadigan eski 30 kontaktli razyom o‘rniga "Lightning” deya atalgan yangi, 8 kontaktli razyom ishlatiladi. Smartfonning AQSHdagi operator shartnomasi bilan birga taklif qilinadigan narxi – 16 gigabaytli model uchun 199, 32 gigabaytli uchun 299, 64 gigabaytli model uchun 399 dollarni tashkil etadi. "iPhone 5” uchun buyurtmalar berish 14-sentabrdan boshlansa, 21-sentabrdan e’tiboran qurilma AQSH, shuningdek, jahonning yana sakkiz mamlakatida sotuvga chiqariladi. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 726 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |