Главная » 2012 » Апрель » 10 » “Apple” rahbari 2011-yilda soatiga 42 ming dollar pul topgan
20:50
“Apple” rahbari 2011-yilda soatiga 42 ming dollar pul topgan

"Apple” korporatsiyasi rahbari Tim Kuk 2011-yil yakunlariga ko‘ra Amerikaning eng katta maosh oluvchi top-menejeri sifatida tan olindi. Bu haqda "The New York Times” xabar bermoqda. U o‘z ishi uchun aksiyalar ko‘rinishida jami 376 million dollar mukofot puli olgan.

Qayd etish joiz, Kukning haqiqiy oyligi ko‘p ham katta emas – 900 ming dollarni tashkil etadi. Biroq kompaniya qimmatli qog‘ozlari ko‘rinishidagi bonuslar unga kuniga bir million yoki soatiga 42 ming dollardan pul ishlab topish imkonini bergan.

Kuk "Apple”dan olgan aksiyalarini ikki urinishda sotishi mumkin – birinchi yarmini 2016-yilda, qolganini 2021-yilda. Hozir uning aksiyalar paketining bahosi 634 million dollardan oshib ketgan.

Bozorda o‘z kapitalizatsiyasi bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lgan "Apple”ning muvaffaqiyatida, tahlilchilarning fikricha, Tim Kukning ham katta o‘rni bor. U 2011-yilning yanvaridan korporatsiyaning asoschisi, xasta Stiv Jobs o‘rnida ishlagan bo‘lsa, Jobsning o‘limiga bir necha oy qolganida – avgust oyida "Apple”ning rasman rahbariga aylangan edi.

Amerikaning yirik korporatsiyalari rahbarlari 2011-yilda o‘rtacha 14,4 million dollardan ishlab topishgan. Eng katta maosh oladigan menejerlar ro‘yxatida "Oracle”da ishlovchi Larri Ellison ikkinchi bo‘lsa (77,6 million dollar), "JC Penney”dan Ronald Jonson uchinchi o‘rinni (53,3 million dollar) band etgan.

Категория: MASHXURLAR XAYOTI | Просмотров: 851 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 4
14:33
Xa aqlli bølsa boy bøladida albatta.Malumot uchun raxmat
19:16
бойвочча))
21:00
omad
20:59
raxmat malumot uchun
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]