Главная » 2014 » Июль » 31 » AQSh Kongressi Obamani javobgarlikka tortish imkonini beruvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
09:51
AQSh Kongressi Obamani javobgarlikka tortish imkonini beruvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
Amerikalik kongressmenlar AQSh prezidenti Barak Obamani sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar o‘tkazishda xizmat mansabini suiiste’mol qilgani uchun javobgarlikka tortish haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.



30-avgust, chorshanba kuni Kongress vakillar palatasining 225 a’zosi bu qarorni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 201 a’zo qarshi chiqdi.

Kutilganidek, qonun loyihasi prezidentning opponentlari — Respublikachilar partiyasi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, uning tarafdorlari bo‘lmish demokratlar esa tashabbusga qarshi chiqdi.

Ma’qullangan rezolyutsiya vakillar palatasi huquqshunoslariga 1-avgustdan boshlanadigan parlament ta’tili vaqtida Obamaga qarshi zaruriy yuridik hujjatlarni tayyorlash imkonini beradi.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 812 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]