Главная » 2014 » Май » 10 » AQSh Rossiya samolyotlari tufayli o‘zining qiruvchilarini osmonga ko‘tardi
13:08
AQSh Rossiya samolyotlari tufayli o‘zining qiruvchilarini osmonga ko‘tardi
AQSh harbiylari Rossiya aviatsiyasining Tinch okeanidagi faolligi kuchaygani haqida ma’lum qildi hamda ushbu holatni Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘ladi. Bu borada Tinch okeanining Osiyo hududidagi AQSh Harbiy-havo kuchlari bo‘linmasi qo‘mondoni general Xerbert Karlayl bayonot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.



Amerikalik general Rossiya harbiy samolyotlari Kaliforniya shtati qirg‘oqlari va AQShga tegishli bo‘lgan Guam orollarigacha yetib borganini ta’kidladi.

Kaliforniya va Guam Ukrainadan 10 ming kilometr uzoqlikda joylashgan.

“Rossiyaning Ukraina va Qrimdagi harakatlari Tinch okeanining Osiyoga tegishli hududiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Buni amalda ham ko‘ryapmiz. Rossiya aviatsiyasining ushbu hududdagi faolligi oshib bormoqda. Ular Kaliforniya shtati qirg‘oqlari va Guam orollariga yaqinlashdi. F-15 qiruvchi samolyotlari ularni qurshovga olish uchun osmonga ko‘tarildi”, — dedi Karlayl.
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 709 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]