22:31 AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDRdan tahdid qilmaslikni talab etdi | |
“Biz BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya borasidagi qarorlariga to‘liq qo‘shilishimizni bildirgan holda Shimoliy Koreyani kelgusida bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidli xatti-harakatlardan tiyilishga chaqirdik”, — deyiladi uch tomonlama talabnomada. So‘nggi oylarda Shimoliy Koreya ko‘plab raketalarni havoga uchirdi va yangi yadro sinovlarini amalga oshirish niyati borligini yashirmadi. Vashington, Seul va Tokio vakillari, shuningdek, o‘zaro ikki tomonlama darajadagi hamda Xitoy, Rossiya kabi boshqa muhim hamkorlarni ham jalb etgan holda birgalikda ishlashni davom ettirish haqida kelishib oldi. Ular, shuningdek, dunyo hamjamiyati e’tiborini Shimoliy Koreyada inson huquqlarining poymol etilayotganligiga qaratish borasida ham o‘z fikrlarini bayon etdi. 2005-yilning 10-fevralida KXDR ilk marta o‘zining yadro quroliga ega ekanligini tan olgan edi. KXDR o‘zining dastlabki yerosti yadro sinovlarini 2006-yilning 9-oktabr kuni amalga oshirgan edi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Ivanovning ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha vaqtda KXDR qo‘llagan yadro qurolining quvvati 5 dan 15 kilotonnagacha yetgan edi. 2005—2013-yillarda KXDR hukumati o‘tkazgan yerosti yadro sinovlari dunyo hamjamiyatining e’tiroziga sabab bo‘lgan edi. Bunga javoban BMTning Xavfsizlik Kengashi KXDRdan yadro sohasidagi faolligini to‘xtatishni talab qiluvchi bir qator qarorlarni qabul qilgan edi. Biroq shunga qaramasdan, 2013-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRning raketa va yadro dasturlariga ajratgan mablag‘i 3,24 milliard dollardan oshgan. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 1192 | |
Всего комментариев: 0 | |