Главная » 2015 » Февраль » 23 » AQShda o‘g‘irlangan iPhone Xitoydan topildi
11:51
AQShda o‘g‘irlangan iPhone Xitoydan topildi

Amerikalik Mett Stopera o‘z iPhone’ida iCloud’idagi rasmlarni ko‘rib o‘tirib, o‘ziga notanish odamning mandarin daraxti fonida tushgan selfisini topib oldi, deb yozadi“Mail.ru”. Telefondan Mett umrida ko‘rmagan feyerverklar, binolar va ko‘chalar aks etgan boshqa rasmlar ham chiqdi.

Mett rasmlarning Xitoyda olinganligini tushundi, biroq ularning telefoniga qanday tushib qolganiga aqli bovar qilmas edi. Shunda u 2014-yilda iPhone’i o‘g‘irlanganini esladi. AQShda o‘marilgan qurilma Yer sharini aylanib chiqib, Xitoyda paydo bo‘lgan edi.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, AQShda o‘g‘irlangan iPhone’larning Xitoyga borib qolishi oddiy holatdir, chunki u yerda bu qurilmalarga bo‘lgan talab juda katta.

Mutaxassislar iPhone o‘g‘irlanganida albatta operatorga xabar qilish kerakligini, shunda qurilmadan hech kim foydalana olmasligini ta’kidladi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 2493 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]