Главная » 2012 » Апрель » 11 » AQSHda o‘g‘rilangan telefonlarning ma’lumot bazasi yaratiladi
20:56
AQSHda o‘g‘rilangan telefonlarning ma’lumot bazasi yaratiladi

Amerikaning yirik mobil aloqa operatorlari, Kommunikatsiyalar bo‘yicha federal komissiya (FCC) bilan, mobil telefonlar identifikatorlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratishga kelishib olishdi. Bu haqda "The Wall Street Journal” xabar bermoqda.

Agar uyali telefon egasi telefoni o‘g‘rilangani yoki yo‘qolgani haqida xabar bersa, operator telefonning identifikatorini "qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘yadi. Shundan so‘ng bu qurilmani qayta ishlatib bo‘lmaydi.

Baza to‘rtta operator – "AT&T”, "Sprint”, "T-Mobile” va "Verizon” ishtirokida ishga tushiriladi. Yarim yil davomida ular o‘z bazalarini ishga tushirishlari kerak, shundan so‘ng ular yagona bazaga birlashtiriladi. Ushbu loyihaga hududiy aloqa operatorlari ham qo‘shilishi kutilmoqda.

CDMA standartida ishlaydigan "Sprint” va "Verizon” hozir ham ESM (Electronic Serial Number) raqamlari orqali qurilmalarni qidirishadi. GSM tarmog‘ida ishlaydigan va sim-kartalardan foydalanadigan "AT&T” va "T-Mobile”da esa bunday xizmat yo‘q.

"Associated Press”ning senator Charlz Shumer (Charles Schumer)ga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, bazani yaratish bilan birga operatorlar telefonning identifikator raqamini o‘zgartirganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishiga ham erishishadi.

Bazani yaratishdan ko‘zlangan maqsad – telefon o‘g‘rilashlar sonini kamaytirishdir. Misol uchun, birgina Nyu-Yorkda 2011-yilning yanvaridan oktabrga qadar elektron qurilmalarning o‘g‘rilanishi bilan bog‘liq 26 mingta holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 81 foizida telefonlar olib qochilgan. AQSH poytaxti Vashingtonda esa 2007-yildan 2011-yilgacha telefon o‘g‘rilashlar soni ikki barobarga ko‘paygan.

O‘g‘rilangan yoki yo‘qolgan telefonlarning identifikator raqamlaridan tashkil topgan mobil aloqa operatorlarining ma’lumot bazalari hozirgi kunda Yevropaning bir qator mamlakatlari va Avstraliyada ishlab turibdi. "Lenta.ru” xabariga ko‘ra, Rossiyada bir necha yildan beri telefonlarning IMEIdan tashkil topgan ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati muhokama qilib kelinmoqda.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 614 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 2
14:29
Xa to'gri.
23:43
juda yaxwi qibdi o'g'rilani holiga voy
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]