Domla Hindistoniy hikoya qiladilar: "Xattotlik
bilan shug‘ullanib turardim. Ustozimga "Sahihi Buxoriy”ni ko‘chirib
tursam, xonadondagilar bugun yeyishga ham hech narsa qolmaganini
aytishdi. Mening ham qo‘limda hech nima yo‘q. Bugun endi sabr
qilasizlar, ertaga Alloh bir yo‘lga boshlar, deb ma’yuslanib, yoza
boshladim. Bir mahal kovakdan kichkina sichqon chiqib, kitobimning
ustida uyoqdan buyoqqa o‘taverdi. Mening ko‘nglimni hadeb parishon
qilavergach, kosani olib, sichqonchaning ustiga to‘nkarib qo‘ydim. Bir
payt bolasini qidirganday ona sichqon chiqib, kosa atrofini iskay
boshladi. Kosa ostidan "chi-chi”lagan ovoz eshitildi, go‘yoki ona-bola
tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketib, keyin bir misqollik
oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo‘ydi. Kosaning oldida
aylanib, "chi-chi”lab turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi
oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman. Sichqon tashigan oltinlar 14
taga yetdi. So‘ng "endi oltin tamom bo‘ldi, mana hamyoni” deganday charm
katmonni sudrab chiqdi. Bildimki, uning bisotida hech narsa qolmabdi.
Kosani ko‘tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi. Mana shu sichqonlar bilan-da, mening rizqimni Alloh yetkazgan edi…”
|