12:49 Atir haqida mayda sirlar... | |
Xo’sh, bizdan taralayotgan muattar hid kun davomida bizga hamroh bo’lishi mumkinmi? Yoki bunga qanday erishish mumkin? Shular to’grisida bugun sizlar bilan suhbatlashamiz. Atir ifori sizda qanchalik uzoq turishi bu bir necha sabablarga bog’liq: sizning teri turingiz, atiringizni tarkibi, u saqlanadigan joy, qay holatda sepishingiz…. Bularning bari atirni davomli taralib turishiga omil bo’ladi. Quyida biz sizlarga bir necha mayda sirlarni oshkor qildik. Agar unga amal qilsangiz, siz o’zingiz istagan natijaga erishasiz. Mayda sirlar 1 Birinchi sir Agar sizning teringiz yog’li teri bo’lsa, hursand bo’lavering. Yog’li teriga sepilgan atir yoki hushbo’ylantiruvchi sprey quruq teriga qaraganda uzoqroq turadi. Agar teringiz quruq bo’lsa, dush qabul qilganingizdan so’ng, teringizga albatta teri uchun maxsus xo’shbo’ylantiruvchi krem suring – iloji bo’lsa, u krem o’zngiz sepadigan atir seriyasini kremi bo’lsin. Hozirgi kunda porfyumeriya kompaniyalari atirga qo’shib uning kremini, dush uchun gelini, los’onini taqdim etishayapdi. Agar siz ulardan shu tarzda foydalansangiz, yoqimli atiringiz hidi kun davomida sizni tark etmaydi. Agar sizda ana shunday atir komplektini olishga imkon bo’lmasa, hech ham tashvishlanmang. Krem o’rnida siz vazelin yoki zaytun yog’idan foydalanishingiz mumkin. Natija o’sha o’sha bo’ladi. 2 Ikkinchi sir Shoshmang, siz atirni to’gri joyga sepayapsizmi? Keling tekshiramiz! Atir shunday joyga sepilishi kerakki, iloji boricha hid taratuvchi pul’s bor joy bo’lishi lozim. Bunday pul’s asosan quloq orqasida, tizza va tirsakning ichki tomonida, ko’krak qafasining yuqori qismida va bilakda joylashgan. O’sha nuqtalarga sepish lozim. Yana bir samarali yo’li, atirni havoga sepib, so’ng unga o’zini tutish. Shunda atir butun tanangizga bir hil sepiladi, ya’ni bir nuqtaga emas. 3 Uchinchi sir Hech qachon teriga sepilgan atiringizni ishqalamang. Uni tarkibini buzasiz. Hidi o’zgarishiga sabab bo’ladi 4 To’rtinchi sir Sevimli atiringizni hidi hamma tarafdan taralib turishini istasangiz, uni kichik paxta bo’lagiga sepib, kiyim jovoningdagi kiyimlaringiz orasiga yoki choyshablaringizni tagiga qo’ying. 5 Beshinchi sir Atiringizni hech qachon ochiq joyda saqlamang. Iloji boricha uni quyosh nuri tushmaydigan joyda asrang: shkafda yoki tortmada. Og’zi ochiq qolmasin. Atirni hidi o’zgarishiga sabab bo’ladi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 4149 | |
Всего комментариев: 8 | |||||||||
| |||||||||