21:18 “AvtoVAZ” “07”ni ishlab chiqarishdan to‘la voz kechdi | |
"AvtoVAZ” kompaniyasi "IjAvto” zavodida ishlab chiqarilayotgan "Lada 2107” klassik modelini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishga qaror qildi. "RBK Daily”ning "IjAvto” vakillariga tayanib tarqatgan xabariga ko‘ra, savdodagi past ko‘rsatkichlar sabab, "klassika”ni ishlab chiqarish shu haftadan to‘xtatiladi. "Hammasi reja bo‘yicha ketmoqda. "Klassika”ga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Xayrlashadigan vaqt keldi”, – dedi "AvtoVAZ”ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Igor Burenkov. "RBK Daily”ning yozishicha, yaqin vaqtgacha ham "07”, o‘zining arzon narxi sabab (206 ming rubl) "AvtoVAZ”ning eng mashhur modeli hisoblanardi. Ayni vaqtda dilerlik markazlarida modelga zavod tomonidan 16 ming rubllik chegirma taklif qilinmoqda. 2010-yilda ishga tushirilgan utilizatsiya dasturi natijasida "Lada”ning klassik modellari (2105, 2107) oyiga 17 ming donagacha chiqqandi. 2012-yilning yanvar-mart oylarida esa bu ko‘rsatkich jami 34,8 ming donani tashkil etdi. "Lada 2105” bazasida tayyorlangan "Lada 2107”ni ishlab chiqarish 1982-yil boshlangan edi. "07” o‘zining "ajdodi”dan radiator panjarasining tuzilishi, orqa chiroqlari, bamferlari va bagajxonasi bilan farq qilardi. 2011-yilda "Lada 2107”ni ishlab chiqarish to‘liq "IjAvto” zavodiga ko‘chirilgan edi. "Lenta.ru”ning qayd etishicha, ayni vaqtda "AvtoVAZ”ning eng ko‘p sotilayotgani modeli "Lada Kalina” hisoblanadi. Bundan tashqari, zavod yana ikkita yangi avtomobil – "Lada Granta” sedani va "Lada Largus” universallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 699 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |