13:49 Barak Obama och jigarrang kostyum kiygani uchun mazax qilindi | |
[b][size=12][color=green]AQSh prezidenti Barak Obama ishtirokida 28-avgust kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda tashqi siyosatga doir Rossiya, Iroq va Suriya bilan bog‘liq jiddiy mavzular muhokama qilindi. Biroq tadbirda qatnashganlar AQSh rahbarining jahonda bo‘layotgan vaziyatlarga bergan bahosiga emas, u kiygan och jigarrang kostyumga ko‘proq e’tibor qaratdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda. Barak Obama 2012-yilda Vanity Fair nashriga bergan intervyusida faqat qora va ko‘k rangli kostyum kiyishini aytgan edi. Internet tarmog‘i foydalanuvchilari uning o‘z so‘ziga qarshi chiqib, och jigarrang kostyum kiyishini o‘rinsiz deb topdi. Foydalanuvchilar qisqa muddat ichida Twitter’da #suitgate xeshtegidan foydalangan holda muhokamani boshlab yubordi. Ulardan biri Obamaning saylovoldi “Yes, we can!” (“Ha, biz qila olamiz!”) shiorini “Yes, we tan!” (“Ha, biz qorayamiz!”)ga o‘zgartirdi. Yana bir shaxs esa Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Obama kiygan kostyum nomidan @Obamasuit nomli akkaunt ham ochdi. Biroq tarmoq rahbariyati tezda akkauntni muzlatib qo‘ydi. MANBA: DARYO.UZ Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 660 | |
Всего комментариев: 0 | |