14:13 Barchasi Mourinyo haqida (1-qism) | |
Portugaliyaning Setubal shaharchasida dunyoga keladi. U 16 yoshigacha havaskorlar ligasida to’p suradi. O’sha paytda uning otasi "Vitoriya” klubiga murabbiylik qilardi. Va u 16 yoshli o’g’lini o’ziga yordamchi qilib oladi. O’shanda klub uncha boy emasdi va klubga murabbiylar ham yetishmasdi. Mourinyo faol tarzda otasiga yordam bera boshlaydi. Uning vazifasi "Vitoriya” raqiblarini o’rganish edi. U raqib haqidagi barcha ma’lumotlarni otasiga yetkazishi shart edi. Mourinyo 23 yoshida PortugaliyaSport Institutini yakunlab, Shotlandiyaga yo’l oladi. Sababi, u murabbiylik saviyasini oshirishi kerak edi. Joze u yerda bir qancha taniqli murabbiylar bilan tanishadi. Bu jihat ham uni professional sifatida o’sishiga yordam beradi. 1989-yilda Mourinyo Matilda ismli qizga uylanadi. So’ngra, ularni oilalarida ikki nafar farzand dunyoga keladi. Kichik Matilda va kichik Joze. Shotlandiyadan qaytganidan so’ng, Mourinyo "Benfika” yoshlar jamoasiga murabbiylik qila boshlaydi. va u yerda 4 yil mehnat qiladi. 1994-yilda Ser Bobbi Robson "Portu”ga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Mourinyo Shotlandiyada Ser bilan ham tanishgan edi. Robson ham Mourinyoni esidan chiqarmaydi va o’z yoniga chaqiradi. U dastlab Robsonga tarjimonlik qilgan bo’lsa, so’ngra uning yaqin yordamchisiga aylanadi. Ular birgalikda "Portu”da ikki mavsum ishlashadi. 1994-yilda Kubok va Superkubokni yutishadi. Chempionatda ikkinchi o’rinni qo’lga kiritishadi. Kelasi yil esa "ajdarlar” mamlakatning eng kuchli jamoasiga aylanishadi. 1997-yilda Robson "Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlanadi va Mourinyo ham o’sha yerga yo’l oladi. 1997-yilda ushbu juftlik Kubok egalari Kubogini va Ispaniya kubogini yutishadi. So’nggi turda "Real Madrid”ga imkoniyat boy beriladi va aynan shu mag’lubiyat tufayli "Barsa” mavsumni ikkinchi o’rinni yakunlaydi. Ushbu mag’lubiyat Robsonni Kataloniyadagi faoliyatiga nuqta qo’yadi. Shundan so’ng, Robson "Nyukasl”ga ketadi, "Barselona”ga esa Lui Van Gal keladi. Van Gal bilan birgalikda Joze ko’plab sovrinlarni yutadi. Keyinchalik, 2000-yilda Robson uni yoniga chaqiradi. Ammo Joze hayotida ilk marta Robsonga rad javobini beradi. "Men ikki murabbiydaan ham juda ko’p narsani o’rgandim. Robson asosan his- hayojon, yuragiga qarab ish ko’radi. Van Gal esa asosiy e’tiborni tartib-intizomga qaratadi. Ular ikkovlari ham buyuk murabbiylar. Endi men ham mustaqil biror jamoani boshqarishni istayman”- degandi, o’shanda Mourinyo. Davomi bor… | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 1019 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |