07:11 “Beeline” va “Ucell” ofislari oldida abonentlar olomoni yuzaga keldi | |
"MTS-O‘zbekiston”ning xizmat ko‘rsatish litsenziyasi O‘zAAA tomonidan 10 ish kuniga to‘xtatilishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, mamlakatning boshqa ikki yirik uyali aloqa operatorlari – "Beeline” va "Ucell” bosh ofislari oldida abonentlar olomoni yuzaga keldi. Bu haqda "Yagona.uz” muxbirlari va o‘quvchilari ma’lum qildi. "Ucell”ning bosh ofisi misli bir necha o‘nlab kishi kompaniya abonenti bo‘lish maqsadida navbat kutib turibdi. "Ucell”ning "Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida yozilishicha, uch oydan beri blokirovka holatidan bo‘lib, ishlatilmay turgan kompaniya sim-kartalari eng minimal to‘lov (500 so‘m) amalga oshirilganidan so‘ng ishga tushadi. "Kompaniyaning o‘z ofislari har kuni soat 08:00dan 21:00ga qadar eng so‘nggi mijozgacha xizmat ko‘rsatadi”, – deyiladi murojaatda. "Beeline” kompaniyasining Toshkent hokimligi binosi oldida joylashgan bosh ofisi oldida esa haqiqiy olomon yuzaga kelgan. Kompaniya mijozlarga qulay bo‘lishi uchun binodan tashqariga ham xizmat ko‘rsatish shahobchalarini ochgan, shuningdek, ofisga kiraverishdagi ko‘cha yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yopilib, mashinalar kiritilmayapti. Kompaniyaning "Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidagi xabarga ko'ra, "Beeline Uzbekistan”ning butun mamlakat bo‘ylab ofislari har kuni 22:00gacha, eng so‘nggi mijoz qolgunicha xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, uch oy davomida ishlamay turgan sim-kartalarni qayta ulanishsiz, shunchaki hisobni to‘ldirish orqali qayta ishga tushirish mumkinligi ma'lum qilindi. "17-iyul kuni tizimga yuklamalarning ortib ketmasligi uchun "Beeline Uzbekistan” abonentlari uchun minimal to‘lov miqdori 2000 so‘mni tashkil etadi”, -deyiladi qo'shimcha xabarda. Eslatib o‘tamiz, O‘zAAAning 17-iyul kuni e’lon qilingan buyrug'iga asosan, "MTS-O‘zbekiston”ning harakatlanuvchi radiotelefon (mobil) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyasi 10 kunga to‘xtatiladi. "MTS-O‘zbekiston”ning o‘zi ham maxsus bayonot bilan chiqib, 17-iyuldan e’tiboran 10 ish kuni davomida aloqa va Internet, ichki va xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, SMS yuborish, rouming, hisobdan hisobga pul o‘tkazish, hisobni to‘ldirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatishini ma’lum qilib, yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun abonentlaridan uzr so‘ragan. Beeline ofisi oldida "Ucell” ofisida | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 917 | |
Всего комментариев: 0 | |