22:24 Behi haqida | |
Behi MDHning janubiy hududlari, jumladan O’zbekistonda qadimdan o’stirib kelinadi. O’zbekistonda aprelda gullaydi. Naviga qarab sentabr-noyabrda uzib olinadi. Mevasining og’irligi navi va o’sish sharoitiga qarab 50- Kechpishar navlari saqlanganda tiniq sariq rangga kiradi, eti yumshab mayinlashadi, mazasi yoqimli va xushbo’y bo’ladi. Behi tarkibida 8-15% qand moddasi, 0,2-1,5% organic kislotalar, 0,2-1% pectin, 0,4-0,7% oshlovchi moddalar, 10-30 mg% vitamin S bor. Ko’pchilik navlarining mevasi taxirroq va eti dag’al bo’lganligidan yangiligida kam yeyiladi. Eng yaxshi navlari: non behi, quva behisi, Samarqand yirik behisi, xorazm olmasimon behisi va hokazo. Behi, tarkibidagi pectin moddasining ko’pligi tufayli qiyom, jem, jele, povidlo pishirish uchun eng yaxshi mevalardan hisoblanadi. Behining po’sti hamda po’st osti qismida qimmatbaho xushbo’y moddalar ko’p. shuning uchun uning po’sti va o’zak qismidan jele tayyorlashda foydalaniladi, po’stining qaynatmasi murabbo yoki kompot pishirishda shsakarli sirop sifatida qo’llaniladi. Konserva sanoatida behidan mazasi yoqimli, xushbo’y sharbat tayyorlanadi. Behi shuningdek, parhez taom sifatida pishirib (uchki qismi o’yilib olinib, o’zak qismi tozalanadi, ichiga sariyog’, asal solinadi, duxovka yoki qasqonda dimlab pishiriladi, palovga solinadi) yeyiladi. Mana, behi hosili olinadigan oktyabr oyi ham qoq yarmiga keldi. Bozorlarda ko'zlarni yashnatib, sap-sariq oltinday tovlangan behilarni ko'rish mumkin. Bugun ushbu ajoyib mevaning shifobaxsh xususiyatlariga to'xtalamiz. Tarkibi Behi mevali daraxt bo'lib, chiroyli va xushbo'y mevalarni beradi. Uni yangi uzilgan holatida ham, pishirilgan holatda ham iste'mol qilish mumkin. Behining pishgan mevasida 12% gacha qand moddalari (fruktozalar, glyukozalar, saxarozalar), 0,47-2,52% organik kislotalar (olma, vino, limon), oshlovchi moddalar (1% gacha), pektin (2,9% gacha), S, V1, V2 vitaminlari (30-50 mg%), karotin, aminokislotalar, katexinlar, efir moyi, ko'p miqdorda kaliy moddasi, ko'plab mikroelementlar, shu jumladan temir, mis, bor, marganets, alyuminiy, nikel va boshqa moddalar mavjud. Behi urug'larida juda ko'p miqdorda shilimshiq modda (22%gacha), glikozid amigdalin (0,53%), moyli yog' (20%gacha), kraxmal, pektin va smolali moddalar borligi aniqlangan. Tarixdan Behi daraxti qadimdan ma'lum bo'lib, o'zining tabiiy o'sish joylarida kamida 4 ming yil oldin madaniylashtirilgan. Shuningdek, behiga mashhur tabib Abu Ali ibn Sino (XI asr) ham katta e'tibor qaratgan. U behini dori vositasi sifatida iste'mol qilish bilan birga, undan chehra rangini tiniqlashtirish uchun foydalanishni ham tavsiya etgan. Hozirgi paytda behining bir necha o'nlab navlari mavjud, Ular gullarining, barglarining va mevalarining tuzilishi, gullash vaqti va meva berishiga hamda boshqa bir qator biologik xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Anjer, ertapishar yog'li, yirik mevali Samarqand, olmasimon Xorazm navlari eng yaxshi hisoblanadi. Shifobaxsh xususiyatlari Behi sharbati pishib yetilgan mevalardan tayyorlanadi. U organizmni umumiy mustahkamlovchi, antiseptik, qon ketishini to'xtatuvchi, peshob haydovchi xususiyatlarga ega. Behining foydali xossalari kamqonlikda, yurak-qon-tomir xastaliklarida, nafas olish yo'llari, oshqozon-ichak trakti kasalliklarida, astmada namoyon bo'ladi. Suvda qaynatib pishirilgan yoki toblab pishirilgan behining sharbati va go'shti qusishga qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Behi sharbati 0,5-1 stakandan ovqat oldidan qabul qilinadi. O'zining shifobaxsh xususiyatlari tufayli behining barcha navlari inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni kishini tetiklashtiradi va kayfiyatini yaxshilaydi. Hatto uning xushbo'y hidi ham xuddi shunday xususiyatga ega. Behi mevasining go'shti organizmni mustahkamlovchi ta'sirga ega, shu bois undan ich ketishi va qon ketishi bilan birga kechadigan oshqozon-ichak trakti kasalliklarida foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, behidan quloq og'riqlarida ham foydalaniladi. To'g'ri ichak tushganida va orqa teshikda yoriqlar paydo bo'lganida behi suvi shimdirilgan malhamlar qo'yiladi. Behi urug'larining shilimshiq moddali qaynatmasi (5- Behining pishgan mevalari hamda urug'laridan kosmetikada ham foydalaniladi. Behidan uy sharoitida yog'li yuz terisi uchun losonlar va niqoblar tayyorlash mumkin. Niqobga o'simlik va mol yog'i, tuxum sarig'i, tolqon, kraxmal qo'shilganida undan quruq va normal teri uchun ham foydalansa bo'ladi. Behi urug'laridan olinadigan shilimshiq modda yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi vosita hisoblanadi. Shuningdek, u kuygan joylarni davolashda hamda boshning yog'li seboreyasida ham juda yordam beradi. Quyida behidan tayyorlash mumkin bo'lgan go'zallik vositalarining retseptlarini keltiramiz: Yog'li teriga qarshi va sepkillarni yo'qotish uchun behi sharbati Pishgan behi mayda qirg'ichdan o'tkaziladi, suvi dokada siqib olinadi. Momiqli tampon ushbu behi suviga botirilib, yog'li teri artiladi. Shuningdek, behi suvi sepkillarni ham ketkazadi. Yog'li teri uchun behi, tuxum va spirtdan tayyorlangan losyon Bir dona tuxumning oqi ko'pirtiriladi va unga tomchilatib yarim stakandan odekolon, kamfora spirti va behi suvi qo'shiladi. Ushbu loson yordamida har kuni momiqli tampon bilan yog'li yuz terisi artiladi. Protseduradan so'ng yuz terisi mayin, silliq va yumshoq bo'lib qoladi. Yog'li teri uchun behidan tayyorlangan losyon Behi mayda qilib to'g'raladi va unga bir stakan aroq yoki 20%-li spirt quyiladi. 7-10 kunga olib qo'yiladi, keyin dokada suzib olinadi. Hosil bo'lgan loson bilan yuzni artish yoki yupqa momiqli qavat yasab, uni niqob sifatida 15-20 daqiqaga yuzga qo'yish (ko'zlar, burun teshiklari va og'izdan tashqari) mumkin. Momiq qurib qolsa, ushbu protsedurani yana takrorlash mumkin. Protsedura yakunlanganidan keyin yuz iliq suvda chayib tashlanadi. Yog'li, g'alvirak yuz terisida tavsiya etiladi. Behi, tolqon va kraxmaldan tayyorlangan niqob Niqob uchun behi mayda qirg'ichdan o'tkaziladi, unga bir So'lg'in yuz terisi uchun va husnbuzarlar toshmasiga qarshi niqob Yaxshi pishib yetilgan behi mayda qirg'ichdan o'tkaziladi, hosil bo'lgan massa so'lg'in yuz terisiga qo'yiladi. Bunday niqob yuzdagi husnbuzarlar toshmasiga qarshi kurashishda ham yaxshi yordam beradi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 4989 | |
Всего комментариев: 9 | |||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||