20:28 BIZNING YOR QAYDA QOLDI | |
O‘ynab xayolim oldi. Hammaning yori bor-ku, Bizning yor qayda qoldi? Bilmay dilin og‘ritib, Naxot qo‘ydim yo‘qotib. Yuragimni titratib, Bizning yor qayda qoldi? Sim qoqaman jonsarak, Aslo bermaydi darak. «Uchib ketdi kapalak», Bizning yor qayda qoldi? Poylayman izlarini, Ko‘ray deb ko‘zlarini. Aytmay bir so‘zlarini, Bizning yor qayda qoldi? Arazini qilsin bas, Uzilayapti nafas. Yurakni aylab qafas, Bizning yor qayda qoldi? Endi xafa qilmayman, Aslo qovoq uymayman. O‘zgasini suymayman, Bizning yor qayda qoldi. | |
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 822 | |
Всего комментариев: 0 | |