17:46 Bolam seni bir ko`rishga zormaniIMAGE1 | |
Hikoyamni eshitib, mendan nafratlanishingizni bilaman.Lekin yuragimni kimgadir bo`shatishim kerak, aks holda,bu dard meni adoyi tomon qiladi.Ismim sir bo`la qolsin.Endigina 23 yoshga kirdim, lekin bu dunyoda ko`rganlarim... Esimni tanibmanki, uyimizda janjalsiz kunni eslolmayman.Otam ichkilikka berilgan.Onam-Otamdan kaltak yeverib, kasalmand bo`lib qolgan.Katta farzandman, mendan keyin ikki singlim, ikki ukam bor. Uyimizdagi muhit yaxshi emasligini ko`pchilik bilgani uchunmi, meni bir odamga ikkinchi hotinlikka so`rab kelishdi.Ota-Onam rozi bo`ldi.Afsuski, turmushga chiqqanimdan keyin uyimizdagidan battar azoblarni ko`rdim.Kundoshim bilan bitta xovlida yashash, uning xizmatini qilish....... Yashashdan butunlay umidim so`ndi.Ota-Onamning oldiga qaytib borolmayman.Necha marta jonimga qasd qilmoqchi bo`dim, lekin qo`limdagi bir yarim yoshli go`dagimni o`yladim.Uni yaqinlarimga qoldirishni istamadim."O`zimga mehr bera olmagan Ota-Onam va boshqa yaqinlarim bolamga qararmidi?"deb o`yladim.Uni kimga qoldirishni bilmasdim.O`ylay-o`ylay, bolalar uyiga topshirishni dilimga tugib qo`ydim.Xarqalay, u yerda yaxshiroq qarashar.... Tavakkal qilib, Toshkent shahriga yo`l oldim.Avtobus bizni"Otchopar" bozoriga tushirdi.Odamlardan so`rab-surishtirib, bir mehribonlik uyining manzilini oldim.U yerga yetib borganimda hali kech tushmagandi.Ichkariga kirib bor gapni aytmoqchi bo`ldim. Lekin qo`rqdim.:Ering biladimi?" deb so`rashadi, keyin uni chaqirishadu, deb o`yladim.Qorong`u tushushini kutdim. Yarim kechasi bolamni uhlab yotgan holida o`sha bino tashqarisida qoldirdim-da, ketdim.... Nima qilayotganimni bilmasdim.Xayolim kimdandir o`ch olish fikri o`rnashib qolgandi. Botganimdan Onam bolamni so`radi. Toshkentdagi bir tanish opaga berib keldim.Ikki-Uch oy qarab beraman, dedi - deb aldadim. Onam ishondi. Men o`zimni o`ldirish rejasini tuza boshladim. Lekin... jur`atim yetmadi. Eplay olmadim. Bu oson ish emas ekan. Endi o`z jonimga qasd qilishga axd qilganimda, ko`z oldimda jajjigina bolamning qo`lchalarini cho`zib turgani ko`z oldimga kelar edi. Boshimdan birov sovuq suv quyib yuborgandek, birdan xayolim joyiga keldi-da, nima ish qilib qo`yganimni angladim. Nahotki o`z qo`lim bilan bolamni uzoq joyga, hech kim tanimaydigan, bilmaydigan joyga tashlab keldim?!.... Bir haftacha vaqt o`tdi, bolamsiz chidolmadim, ertasiga darrov Toshkentga otlandim. Mehribonlik uyiga borib, ularga voqeani aytib berdim. Yaqin orada yangi bola kelmaganligini aytiishdi va mening gaplarimga ishonishmadi. Nahotki bolam yo`q bo`lsa?! Men bolamni topib berishlarini so`rab yalinib-yolvordim. Agar rost gapirayotgan bo`lsangiz, tezda militsiyaga murojaat qilishingiz kerak,- deyishdi. Lekin militsiyaga habar bersam, erimva oilasidagilar hamma gapdan habar topadi, erim meni sog` qo`ymaydi. Ota-Onam ham bilmaydi. Dardimni hech kimga aytolmadim. Qani endi, bolamning loaqal izini topolsam... Qoladigan joyim yo`qligi uchun uyga qaytdim. Mana, bir oydan beri bolamni qumsab zor-zor yig`layman. Iltimos, menga yordam beringlar. Bolamni yana ko`rish nasib qilarmikan?.... Men ahmoq, nodon, vijdonsiz onangni kechir, bolam................. Maslahatlaringizni kutamiz do`stlarim............. Прикрепления: Rasm 1 | |
Просмотров: 643 | |
Всего комментариев: 10 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||