Главная » 2012 » Апрель » 27 » Botir Qodirov “O‘zbeknavo”dan uzr so‘radi
21:52
Botir Qodirov “O‘zbeknavo”dan uzr so‘radi

Xonanda Botir Qodirovning litsenziyasining amal qilish muddati 2012-yilning 26-aprel kuni tugatildi. "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bildirishiga ko‘ra, O‘zbekiston Qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida ko‘zda tutilgan talablarini muntazam ravishda buzib kelgan.

Botir Qodirovga 2012-yilning 20-mart kuni berilgan AJ-1290-son litsenziya "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”giQonunning 22-24-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003-yil 11-noyabr kuni imzolangan 498-son qarorning 1-ilovasi 35-bandiga asosan tugatilgan.

Bunga xonandaning 498-son qaror hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi, "Respublika va viloyatlarning taniqli san’atkorlari va teatr artistlari ishtirokida qishloq joylarda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari rejasi”ning ijrosini ta’minlamaganligi hamda Milliy estrada san’atini muvofiqlashtirish Kengashida 2010-yil 5-fevralda tasdiqlangan "Estrada san’ati sohasida faoliyat yuritayotgan san’atkorlarni xorij davlatlariga chiqishi to‘g‘risida”gi Tartibda belgilangan qoidalarga rioya etmagani sabab bo‘lgan.

Botir Qodirov, "Sayyod.com” saytiga bergan intervyusida, tushunmovchilik yuzaga kelganini ta’kidlab o‘tgan. "Dubayga dam olgani borib keldim, u yerda konsert yoki tadbirda qatnashishga emas. Shunchaki dam olish uchun ham "O‘zbeknavo”dan ruxsat olinishi haqida, to‘g‘risi, xabarim yo‘q edi. Bo‘lmasa borib ruxsat olardim”, – dedi Botir Qodirov.

"Tadbirlarda qatnashish uchun "O‘zbeknavo”dan bir necha marotaba chaqirishgani rost, lekin ularga vaziyatni tushuntirdim… To‘g‘risi, ilojisini qilib vaqt ajrata olmadim, shu taraflama xatoim bordir… "O‘zbeknavo”dan xatolik uchun uzr so‘rayman. Kelasi safar dam olishga ketishdan avval ruxsat olinishi kerakligini endi bildim. Xizmat yuzasidan viloyatlarda to‘ylarda band bo‘lib, ma’rifiy ishlarda qatnasha olmaganim uchun ham uzr so‘rayman”, – dedi xonanda Botir Qodirov.

O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisidagi gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish uchun huquqi uchun litsenziya, shuningdek, to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish huquqini ham beradi. Litsenziya "O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan, ijrochi yoki ijodiy jamoalar bilan imzolangan shartnomaga asosan, besh yil muddatgacha beriladi.

30 yoshli Botir Qodirov qo‘shiqchilik faoliyatini 2006-yili boshlagan. "Go‘zalsan”, "Ey, dil”, "Onam” kabi qo‘shiqlari ayniqsa mashhur. Rasmiy saytida e’lon qilingan tarjimai holiga ko‘ra, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan hamda xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lish, yurtimizning eng ulug‘ bayrami – Mustaqillik kunida, shuningdek, milliy an’analarimiz aks etgan Navro‘z tantalarida o‘z san’ati bilan ishtirok etish” uning hayotiy maqsadidir.

Категория: Shou biznes | Просмотров: 1059 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 3
03:44
yana kutamiz
03:44
omad
03:44
malumot un raxmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]