Главная » 2015 » Февраль » 3 » Britaniyalik ayol yuziga ajin tushirmaslik uchun 40 yil tabassum qilmadi
07:43
Britaniyalik ayol yuziga ajin tushirmaslik uchun 40 yil tabassum qilmadi

50 yoshli Tess Kristian so‘nggi 40 yil davomida na tabassum qiladi, na xo‘mrayadi. O‘zining aytishicha, u bunday hayot tarzini yuzining yosh ko‘rinishini saqlash va ajin tushirmaslik uchun tanlagan. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar beradi.

Sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya menejeri sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi ushbu britaniyalik ayol: “Dugonalarim meni Mona Liza deb chaqiradi, chunki mendagi yuz ifodasi da Vinchi suratidagi ayolniki kabi turg‘undir”, – deb tan oladi.

Dam olish kunlari dugonalar yig‘ilib, o‘zaro hazillashib kulishganida, Tess toshqotgan yuzi bilan o‘tiraveradi. Kulgidan o‘zini tiyolmay qolgan paytlari esa lablarini tishlagancha stoldan uzoqlashadi.

Tessda yumor hissi yo‘q emas, ammo deyarli 40 yil davomida, hattoki qizi tug‘ilganida ham tabassum qilish uchun biror marta qoidani buzmadi.

Ba’zi mutaxassislar bunday g‘ayritabiiy usul foyda berishi mumkin deb hisoblaydi. Dermatolog shifokor Nik Lou: “Bu qarishga qarshi samarali usul bo‘la oladi. Shubhasiz, ushbu maqsadda mimikasini nazorat qiladigan aktrisalar ham bor”, – dedi.

Ammo bu fikrga londonlik psixolog Amanda Hills qarshi chiqdi. Uning aytishicha, tabassum qilish ruhiy salomatligimiz uchun juda muhim. “Tabassum qilgan vaqtda, organizmda ‘baxt gormoni’ nomi bilan ham ataluvchi endorfin ishlab chiqariladi va u odamlarning o‘zini yaxshi his qilishini ta’minlaydi”, – deb ta’kidladi psixolog.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 2245 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]