15:03 Bu yerlardan qochib kettamiz | |
ruhiyatim tobora so'nib borardi. Elyor va Jamshid bilan uchrashib, yana Maftunani oldiga qaytdim. Kelsam, Maftuna yig'lab oldimga chiqdi. Nima bo'ldi Maftunim ? Men keldim deb, 5-6 bor aytdim... Lekin indamay, menga tikilib turardi ... -Maftunim, nima bo'ldi ? Nega gapirmayapsan ? Iltimos, meni qo'rqitma ... -Otabek aka, mendan nimani yashirgandiz ? -A ? ... -Mendan nimani sir saqlagandiz a -Nega o'zizni bilmaganga olasiz ??? Shahnozaga nima bo'ldi ? -Nima ? ... -Dugonam Shahnozaga nima bo'ldi ? Nega yo'qolib qoganlarini mendan yashirdiz ? Nega menga aytmadiz ? -Maftun ... Haligi ... Senga hammasini tushuntirib beraman ... -Nimasini tushuntirasiz endi ? Eshitib bo'ldim allaqachon. Uyizga qo'ng'iroq qilmasam, bilmas ekanman-da ?! Siz esa, menga aytmay yana jim yuraverar ekansiz-da ? -Haligi ... Maftunaga bo'lib o'tgan voqealarni gapirib berdim. Singlim, Jafarni qo'lida ekanini, evaziga uni so'rayotganini ham tushuntirdim. Maftuna ham, men ham, ruhiy jihatdan qattiq tushkunlikga tushdik ... -Otabek aka, uyga qaytamiz ! - .... Lekin Maftun ? -Boshqa choramiz yo'q. Bizni deb, singliz jabr ko'rishini istamayman. Taqdirimizda bor ekan ... - ... Eh Xudoyim ... Maftunim, kelaqo o'zimga. Xo'p, mayli qaytamiz. Faqat yig'lamagin. Bu sinovlarni Allohim bekorga bizga bermayotgandir. Inshoolloh hali mukofotini olamiz ! -Aytganiz kelsin. Jafarga qo'ng'iroq qiling. Meni uyga qaytayotganimni ayting. Singlizni qo'yvorsin. - ... Xo'p ... -Otabek aka, siz nega yig'layapsiz ? Menga yig'lama dedingiz-ku. -Yig'lamayapman ... Maftunim, bitta narsaga menga va'da bera olasanmi ? -Xo'p ... Nimaga ? -Haligi ... Xudo ko'rsatmasin-u, agar taqdirimiz ayro bo'lsa, nima bo'lishidan qat'iy nazar, "o'zimni o'ldirmayman", ya'ni "jonimga qasd qilmayman" deb, menga so'z bera olasanmi ??! - ........... -Nimaga jimsan beg'uborim ? Iltimos qilaman, so'z ber menga ! (Ko'zlari yoshga to'lib, bir muddat gapirolmay qoldi.) -So'z beraman ... -Gaplarimni noto'g'ri tushunma. Hamma narsaga tayyor turishimiz kerak. Hayot to'xtab qolmaydi ... Tushunganing uchun, rahmat senga. Bu hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin inson, nima bo'lganda ham, sabr qilishi lozim. Chunki o'sha har narsani ham, Alloh ato etgan, shu qatorda Sevgini ham. Bu sinovlarga sabr qilmay, ko'pchilik o'z joniga qasd qiladi. Vaholangki, to Alloh jonimizni olmasa, biz o'z jonimizdan kechishga haqqimiz yo'q ! Men senga ishonaman, sen sabrli bo'la olasan ! Sen irodali qizsan. Eng muhimi, qalbingdagi ishonch ruhini so'ndirma xo'pmi beg'uborim ?! - ... Xo'p ... -Bo'ldi, endi yig'lama. Inshoolloh hammasi yaxshi bo'ladi. Ertaga yo'lga chiqamiz. Allohim bizga madad bersin. Sen xavotir olma beg'uborim. Muhabbatimiz uchun, oxirigacha kurashaman ! Seni baribir olib ketaman ... Vaziyat iziga qaytgach, Xudo xohlasa buyerlardan seni, uzoq- uzoqlarga olib ketaman ! Keyin umuman qaytmaymiz ! So'z beraman ! ... Vaqt ham, o'tib borardi. Maftunaga dalda bo'lish maqsadida, "baxtli kunlarimiz keladi hali" deb, ko'ngliga biroz taskin berdim. Ichimda qanaqadir qo'rquv bor edi. Negadir hayolimga, undan ayrilishim mumkinligi kelaverdi. Oxiri baxayrga o'xshamaydi deya, o'zimni-o'zim qo'rquvga sola boshladim. Yo Rabbim, nima bo'lishidan qat'iy nazar, Maftunimni o'z panohingda asra ! Xullas, Jafar intizor bo'lib kutgan, yangi kun ham boshlandi. Maftuna bilan narsalarni mashinaga joylab, uyga qaytish uchun yo'lga chiqdik. 1 soatlarda, yetib keldik. Maftunani, uyi oldiga keltirib qo'ydim va men bergan telefonni yashirincha ishlatishini tayinladim. Mashinani yurgazib, ketgandek qildim-u, sal uzoqroqda mashinani saqlab, uni kuzata boshladim. Maftuna darvoza signalini chaldi. Biron daqiqa o'tib, tashqariga Maftunani otasi chiqdi. Maftuna boshi egik holda, otasini yuziga ham, qaray olmadi. Otasi hozir Maftunimga jahl qilmasinda deb o'ylab turgandim. Yo'q, Maftunani otasi aksincha, qizini bag'riga bosib, nimalarnidir so'zlardi. Qizini yaxshi ko'rarkan. To'g'rida, yakka-yu yagona farzandi bo'lganidan keyin, yaxshi ko'rmay bo'ladimi ? ... Otasi Maftunani sog'ingani, bag'riga bosganidan yaqqol bilinib turardi. Shu onda xayolimdan bir muncha savollar o'tdi. Qizini shunchalik yaxshi ko'rar ekan, nega sevgisini inobatga olmaydi ? Qizini baxti, qalbidagi sevgida ekanini nahotki anglamasa ? O'sha Jafar bilan baxtli yashashiga shunchalik ishonadimi ? Shahsan men, umuman ishonmayman ! Bu gapim bilan, sevgini nazarda tutmayapman. Maftuna meni sevmagan taqdirda ham, u ablax bilan baxtli bo'lolmaydi ! Boy xonadonda, erkatoy o'g'il bo'lib o'sgan Jafar, insoniylik fazilatlarini umuman bilmaydi. Unga Sevgi, insof, oila, mehr, iymon, qadr degan tushunchalar, butkul begona ! Bunday kishi bilan, qaysi qiz baxtli oila qura olardi ? Jafar, narkotik modda ham, iste'mol qiladi. Meni chet joylarga oborib do'pposlashganda, qora doridan iste'mol qilganini ko'rib qoluvdim. Narkotik iste'mol qilgan insonlarning qanaqaligi esa, barchamizga ma'lum. Maftuna, u bilan baxtli yashay olmaydi. Men shundan xavotirlanib, menga va'da berishini so'ragandim. Maftuna, otasi bilan uyga kirgach, Jafarga qo'ng'iroq qildim. Jafar Maftunani kelganini bilish maqsadida, uydagilariga qo'ng'iroq qildi. Maftuna kelganini eshitib, singlimni qo'yvorganini, aytdi. Singlim qaysi manzilda ekanini aniqlab, yo'lga otlandim. Aytgan manziliga yetib kelsam, singlim ko'chani chetida turibdi. Oldiga to'htab, mashinadan tushdim. Singlimni ko'rmaganimga bir hafta bo'lgani uchunmi bilmadim, uni juda ham sog'ingandim. Meni ko'rishi bilan, xursand bo'lib ketdi. Singlim bilan ko'rishib, yo'lga tushdik ... -Singlim, ahvoling yaxshimi ? -Rahmat akajon, yaxshiman. O'ziz yaxshimisiz ? Nimalar bo'lyapti o'zi ? Uyga qaytdingizmi ? -Qaytdim singlim, qaytdim ... -Maftuna ham qaytdi-mi ? -Ha ... -Nega endi ??? -Qo'y singlim. Keyin gaplashaylik. Bu haqda hozir gapirgim kelmayapti. Anavi lanati Jafar senga hechnarsa qilgani yo'qmi ? Qo'lini uchini tekkizgan bo'lsa, u ablaxni tug'ilganiga pushaymon qilaman ! -Hechnarsa qilgani yo'q akajon. Qaytang-a menga yaxshi qarashdi. Kattakon xonada, televizor, har xil taomlar bilan, xuddi mehmondek qarashdi. Jafarni ham ko'rdim. Baland bo'ylisi edi menimcha. Sizdan xavotir olib, vaqt ham xuddi sekin o'tgandek tuyulardi ... -Bo'ldi, hammasi o'tib ketdi singiljon. Endi seni yolg'izlatib qo'ymayman ... Singlim bilan uyga yetib keldik. Ota-onamga, bo'lib o'tgan voqealarni gapirib berdim. Ular meni to'g'ri tushunishdi-yu lekin, maftunadan voz kechishimni ta'kidlashdi. Ota-onasi rozi bo'lmasa, majbur qilolmaysan deb. Lekin bu, meni qo'limdan kelmaydi. Nima bo'lsa bo'lar ... Kech tushgach, Maftunaga qo'ng'iroq qildim. Ammo, telefoni o'chirilgan ... O'zi qo'ng'iroq qilsa kerak deb, kutdim. Lekin, qo'ng'iroq qilmadi. Shu tariqa oradan 2 kun o'tdi. Shu 2 kun ichida, Maftunim bilan gaplasha olmadim. Telefoni hamon o'chirilgan ... Bir payt, xonam eshigi taqqillab qoldi. -Akajon, kirsam maylimi ? -Kiraqo singlim, bemalol. (Singlim, ko'zida yosh bilan, xonamga kirib keldi) -Iye, nima bo'ldi singlim ? Kim seni xafa qildi ? -Akajon ... ... -Xo'sh ? -Haligi ... -Nima gap singlim ? -Maftuna ... -Maftuna ? Nima bo'ldi Maftunaga ??? Nima bo'ldi ??! Gapirsanchi singlim ?!! -Maftuniz ... endi yo'q ... -Nima ??? Ne-ne-nega ??? Tu-tushunmadim ? Bu nima deganing, singlim ??? -Haligi, anavi Jafar ... -Jafar ??? Tezroq gapirsangchi singlim ?!! ( Davomi bor ) | |
Категория: SEVGI | Просмотров: 763 | |
Всего комментариев: 16 | 1 2 » | ||||||||
| |||||||||
1-10 11-16 | |||||||||