Главная » 2011 » Декабрь » 7 » Dilso'zni yangi kinoda «Tingla»ymiz!
09:43
Dilso'zni yangi kinoda «Tingla»ymiz!

Yosh ijodkorlar orasida charaqlab porlab borayotgan xonanda Dilso'z yaqindagina "Meni eslama" nomli qo'shig'i uchun ishlangan videoklipini bizning portalimiz orqali tortiq etgan edi. Mana oradan ko'p vaqt o'tmay Dilso'z yana bir yangi klip ustida ish boshlab yuborganidan xabar topdik.

Navbatdagi klip oddiy klip emas, ya'ni yangi film uchun saundtrek-klip bo'ladigan bo'ldi. Dilso'zning Bobur Umarov so'zi, Jasur Abdurahmonov musiqasi bilan kuylangan "Tingla" nomli taronasi rejissor Mirshod Mardonovning "Muhabbat devori" nomli kartinasi uchun asosiy saundtrek sifatida tanlab olingan. Ushbu qo'shiqqa suratga olinadigan saundtrek-klip rejissori esa Nozim Jumaev hisoblanadi. Yana bir ma'lumot, Dilso'zning ilk albomi ham aynan mana shu qo'shiq nomi bilan "Tingla" deb nomlanishi ko'zda tutilgan.

Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2
Категория: Shou biznes | Просмотров: 654 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 2
01:56
Super ekan
01:55
Kuramiz omad
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]