Главная » 2012 » Январь » 28 » elyorning yuragi toxtap bormoqda xikoyamiz shu xaqida
00:53
elyorning yuragi toxtap bormoqda xikoyamiz shu xaqida
(Orzulari armon bo'lgan
yigitning sevgisi va taqdiri)
- Alo, Dilnoz ?
- Eshitaman Elyor aka ?
- Uydamisan ?
- Ha uydaman.
- Unda derazadan bir
qaraginchi ...
- Nega ? Hmm, hozir ...
Deraza tashqarisida sevgan
insoni Elyorni ko'rib, Dilnoza
ko'chaga chiqdi. Elyor uni
aylanib kelishga taklif qildi.
Ular, xiyobon uzra biron soat
sayr qilishdi. Elyor, Dilnozaga
ko'p bor orzulari haqida
gapirardi. "Oila qurgach,
shiringina farzandlarimiz
bo'ladi va bizni ular "Oyi",
"Dada" deb chaqirishadi, bu
qanday baxt" deb. Dilnoza
esa, bu gaplardan uncha
xursand emasdi. Chunki,
uning onasi, Elyorni
yoqtirmasdi va nuqul
yomonlardi. "Kambag'al,
hech bir ishni eplolmaydi,
otasi yo'q. Ko'zingni
kattaroq och qizim. Sevgi
vaqtinchalik tuyg'u. Oila
qursang, hammasi unutilib
ketadi. Hayot faqat sevgidan
iborat emas. Bir so'mga zor
bo'lib, qashshoq yashaysan.
Keyin afsus qilma" - deb.
Dilnoza, onasini gaplarini
yuragiga qattiq oldi.
"Nahotki shunaqa bo'lsa ?"
deya, Elyordan o'zini olib
qocha boshlar, Elyor esa,
nima gapligini bilmasdi.
To'g'ri, Elyor kambag'al
oilada tug'ilgandi. Otasi
yo'qligi uchun, peshona
terisi bilan og'ir mehnat
qilar, onasini va singlisini
boqardi. Elyor, Dilnozani
qattiq sevardi. Dilnozani
oilasi ham boy emas ediy-u,
lekin onasi baribir Elyorni
yomon ko'rardi. Faqatgina
Dilnozani otasi tushungan
inson bo'lgani uchun, Elyorni
yoqtirardi. Dilnozani otasi
qiyinchilikni bilardi. Elyorga
qanchalik qiyin ekanini ham
tushunardi. Shunda ham,
Dilnozani onasi qoralashdan
to'htamasdi. Kunlarning
birida, Elyor ishxonada
nafasi qisib, hushidan ketdi.
U og'ir ishda ishlardi. Poyezd
vagonlaridan og'ir yuklarni
tushurib, kunlik pulga
ishlardi. Ishxonadagi
do'stlari uni kasalhonaga
olib ketishdi. Elyorni
kasalhonada ekanini
bilmagan Dilnoza, ko'p bor
qo'ng'iroq qildi. Biroq,
go'shakni hechkim
ko'tarmadi ... Elyorni
doktorlar tekshirishdi va ......
ming afsuski, jigari
xastaligini aniqlashdi.
Doktorlar Elyor o'ziga
kelgach, unga bor gapni
aytishdi ...
- Elyorbek, bardam bo'ling.
Jigarizda o'simta mavjud.
Sizga og'ir yuk ko'tarish
mumkin emas. Zudlik bilan
operatsiya qilish lozim.
Shoshilish kerak. O'simta
tobora kuchayib boradi.
Xudo ko'rsatmasin-u, buni
oxiri o'limga olib kelishi
mumkin ...
(Qo'rquvga tushgan Elyor,
biron muddat gapirolmay
qoldi)
- Doktor, bu deganingiz,
operatsiya qilinmasa o'lasan
deganimi ???
- ... Uzr ... Bunday bo'lishini
xohlamasdik. Ammo ...
- Doktor, menda operatsiya
uchun, mablag' yo'q. Kecha-
yu kunduz ishlaganim ham,
oilamni boqishga zo'rg'a
yetyapti ...
- Elyorbek, gap hozir
hayotingiz haqida ketyapti.
Pul topilaveradi. Ammo jon
topilmaydi. O'ylab ko'ring.
Qarindoshlaringizmi,
do'stlaringizmi bordir ?!
Ulardan yordam
so'rasangizchi ?!
- ... Meni oyim, singlim va
sevgan qizimdan boshqa,
suyanadigan hechkimim
yo'q ... Na chora doktor,
peshonada bor umrni
yashayman ...
- Lekin ? ... Ha, yana bir
chorasi bor. Davlat
orginlariga yoki mahalla
yig'inlariga muroja'at qiling.
Ular yordam berishadi.
- Yo'q doktor. O'tkan yili
oyim kasalhonaga
tushganlarida, yordam
so'ragandim. Lekin ...
- Tushunarli Elyorbek. Mayli,
siqilmang. Bir iloji topilar.
Alloh shifo bersin.
- Rahmat doktor ...
Elyor operatsiya qilish
kerakligini tushunsada,
kasalhonadan chiqib, uyga
qaytdi. Uni bir savol qattiq
qiynoqga sola boshladi.
"Agar men o'lsam, oyim va
singlim nima qilishadi ?
Dilnozachi ?" ...
Uyga kelgach, Elyor
telefonini olib, Dilnozaga
qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi.
Telefoni yuzida, Dilnozadan
4 - 5 bor javobsiz qo'ng'iroq
kelganini ko'rib, darhol
qayta qo'ng'riq qildi.
Dilnozaga uchrashmoqchi
ekanini va bor gapni
aytmoqchi bo'ldi. Dilnoza
esa, go'shakni ko'tarmadi.
Ikki, uch bor qo'ng'iroq qildi.
O'shanda ham, go'shakni
ko'tarmadi. To'rtinchi bor
qilganida esa, Dilnozani
telefoni o'chirilganini eshitdi.
Elyor xavotirlanib, uning
uyiga keldi. Deraza oldida
turib, Dilnozani tashqariga
qarashini kutdi. Oradan bir
soatlar o'tibgina, Dilnoza
derazadan tashqariga
qaradi. Ko'chada turgan
Elyorni ko'rdi-yu, lekin
ko'chaga chiqmadi. Ha,
Dilnoza onasini gapini ko'p
o'ylab ko'rdi va onasi aytgan
gaplarga amal qila
boshlagandi. Elyorni sevsa-
da, undan o'zini olib qochib,
ko'nglini sovutishga urundi.
Tushkunlikga tushgan Elyor,
ortiga qaytdi. Shu tariqa
oradan 1 hafta o'tdi. Elyor,
haligacha Dilnoza bilan
gaplasha olgani yo'q. Umri
oz qolganini tushunib, Elyor
hech bo'lmaganda umrini
so'ngi kunlarini sevgan
insoni bilan o'tkazishni
xohlardi. "Dilnozani oxirgi
marotaba bo'lsada, birgina
tabassumini ko'rsam,
armonim yo'q edi" deya,
qalbidan turli xil o'ylovlarni
o'tkazdi. Ungaa ko'plab sms
xatlar yozdi. Umri hazon
kabi so'nib borayotganini va
so'ngi kunlarida yonida
bo'lishini ich-ichidan xohlardi
va aytgisi kelardi. Ammo,
Dilnozadan bitta ham javob
xati kelmadi ... Bunday
vaziyatda Elyor, yanada
tushkunlikga tushdi. Hozir
unga kimdir dalda bo'lishini
juda ham xohlardi. Lekin kim
dalda bo'lardi ? Elyor yolg'iz
onasi va singlisiga ham, umri
oz qolganini aytmadi. Ularni
g'amga botib, siqilishlarini
istamadi. Endi u, yashashdan
butunlay umidini uzdi. Qalbi
tushkunlik girdobidan chiqa
olmadi. Qattiq yo'talib,
og'zidan qon kela boshladi.
Elyor shunda ham,
hechkimga betobligini
sezdirmadi. O'zi bilan
ishlaydigan do'stlariga ham,
"Shamollaganman xolos"
derdi. Lekin Elyor, tobora
dokadek oqarib, rangida-
rang qolmay borardi. O'sha
holida ham, Dilnozani, onasi
va singlisini bir zum bo'lsada
hayolidan chiqarmadi.
Dilnozaga ko'plab qo'ng'iroq
va smslar yozdi. Lekin,
qo'ng'iroq va smslariga
javob yo'q ... Elyor, harakati
uncha bo'lmasa-da, og'ir
ishda ishlashdan to'xtamadi.
So'ngi kunlarida ham,
oilasini o'ylab, qo'lidan
kelganicha mehnat qildi.
Ishxonada ish vaqti
tugagach, kechki soat 21-00
lar chamasi Elyor ishlagan
haqqini oldi va bir
og'aynisini yoniga bordi ...
Ishlagan pulini va 2 ta
qanaqadir konvertni
og'aynisini qo'liga tutqazib,
uyiga oborib berishini, o'zi
esa bugun shuyerda
qolishini ta'kidladi. Nimaga
ekaniga tushunmagan
og'aynisi, undan nima
uchunligini so'ray boshladi.
Elyor hammasi joyida
ekanini, aytganidek qilishini
iltimos qilib, bir chet joyda
bo'sh turgan vagonga qarab
ketdi. Oyog'ida zo'rg'a
yurayotgan Elyor, o'lim
ufurini sezardi. Nafas olishi
tobora sustlashardi. Nafas
olganda ham, xuddi
yuragining urishi to'xtab
borayotgandek seskanardi.
Og'aynisi, Elyor aytganidek
qildi. 2 konvertni va pulni,
uning onasiga keltirib berdi.
Onasi xavotirlanib konvertni
ochishga oshiqdi. Konvertlar,
2 kishiga atalgan ekan. Bir
konvertning yuzida "Oyi, bu
sizga" degan yozuv bo'lsa,
birida "Dilnozaga" yozuvi
turardi. Onasi o'ziga atalgan
konvertni ochdi. Unda,
Elyorning so'ngi so'zlari
yozilgandi ...
- Oyijon, meni kechiring.
Sizga aytmay, bugun chet
davlatga ishlagani
ketyapman. Qachon
qaytishim aniq emas. Bir kun
kelib, albatta qaytaman.
Qaytganda ham, ko'p pul
bilan qaytaman. Bizni ham,
shinamgina uyimiz bo'ladi.
Singlimni to'yini qilamiz. Biz
albatta baxtli yashaymiz.
Faqatgina singlim va
o'zingizni asrang !
Qo'lingizdagi ikkinchi
konvertni, Dilnozaga bering,
iltimos ... Men yo'g'imda
og'aynim sizlarga
yordamlashib turadi.
Mendan xavotir olmang.
Agar kelolmasam, o'shanda
ham xavotir olmang.
O'g'lingiz chet davlatda
bo'lib kelolmasada, sizlarni
hayolidan chiqarmay,
yashaydi. Shu paytgacha
yuzingizni yerga
qaratmadim. Bundan keyin
ham shunday bo'ladi. Meni
o'ylab siqilmang. Sizni
ko'zizda yosh sezsam, meni
qalbim og'riydi. Meni
sog'insangizda, iltimos
yig'lamang. Singlim, sen
ham o'zingni ehtiyot qil.
Oyimni yolg'iz qoldirma.
Alloh o'z panohida asrasin.
Sizlarni yaxshi ko'raman.
Oyijon, Singlim, mendan rozi
bo'ling ...
Bu so'zlarni o'qigan onai-zor,
o'ksib-o'ksib yig'lagisi kelsa-
da, o'g'lini iltimosiga qarshi
chiqolmadi. Ko'zlari yoshga
to'lgan ona, "O'g'lim, nima
bo'lganda ham, boshing
omon bo'lsin !" deya oldi
xolos ... Elyorni xohishini
amalga oshirib, singlisi
Dilnozaga ikkinchi konvertni
oborib berdi. Dilnoza, Elyorni
sog'inganidanmi xatni tezda
ochib, o'qishga kirishdi ...
- Salom Dilnoz ! Ahvoling
yaxshimi ? Meni kechir,
qo'ng'iroqlaringa javob bera
olmadim. O'shanda doktorda
edim. Kasalhonadan chiqib,
senga qo'ng'iroq qildim.
Ammo, ko'tarmading.
Mendan xafa bo'lding deb
o'ylab, ko'plab sms xabar
yozdim. Lekin javob kelmadi.
Men uying derazasi oldi-da,
yomg'ir yog'ishiga qaramay,
har kun kechqurun seni hech
bo'lmasa bir marotaba
derazadan ko'rish ilinjida
o'tirardim. Biroq menga bu
ham nasib etmadi. Shunda
seni qattiq ranjitib
qo'yganimni tushundim.
Shuning uchun sendan, chin
dildan kechirim so'rayman.
Lekin endi kechligini
tushungach ... Meni kechir,
biz baxtli oila quramiz deb
ahdlashgandik. Men
va'damda tura olmadim.
Men chet davlatga ishlagani
ketyapman. Qachon
qaytishim noaniq. Senga
baxt tilayman. Yaxshi bir
yigitga turmushga
chiqishingni Alloh nasib
etsin. Kecha kechqurun,
tushimda ikkimizni ko'rdim.
Biz baxtli oila qurgan
ekanmiz. Ikki nafar jajji
farzandlarimiz bor ekan. Biri
o'g'il, biri qiz ... Ularning
beg'ubor kulgusidan ikkimiz
ham baxtli edik ... Lekin
uyg'onganimda buni tush
ekanini bilib, go'yo yuragim
urishdan butunlay to'xtadi.
Har gal xafa bo'lsang, o'zim
ovutardim. Endi kechir meni,
ortiq ovutolmayman. Har xil
xatlar yozib, seni
erkalolmayman. Kechirgin
dardim bor, dardimdan
qocholmayman... Meni
kechir, orzularingni armonga
aylantirdim ... Bu hayotda
faqatgina baxtli
yashashingni istayman. Men
seni baxtli qila olmadim.
Nima bo'lganda ham,
qalbingdan quvonch ruhi
so'nmasin. Shirindan-shakar
farzandlarni onasi
bo'lishingni, yaratgandan
so'rab qolaman. Bu hayotda
nimayki qiyinchiliklarga duch
kelsang ham, barchasiga
sabrli bo'lib, o'zingni ehtiyot
qil ! Xayr...
Kuchli alam va ayriliq
azobiga to'lgan Dilnozaning
qalbi, bir muddat o'zini
yo'qotib qo'ydi. Nimalar qilib
qo'yganini kech tushunib,
qattiq afsuslana boshladi.
Lekin vaqt o'tib bo'lgandi.
Elyor endi bu dunyoda yo'q...
Yuragi, urishdan to'xtab
borayotgan Elyorning yuragi,
endi butunlay urishdan
to'xtagandi. Uning ruhi,
uzoq-uzoqlarga ketdi. Hozir
Elyor, osmonlardan turib,
onasini, singlisini, va
Dilnozani Alloh o'z panohida
asrashini tilab, duo
qilmoqda. Elyor hatto ularni,
o'limi haqida bilishlarini
istamadi. Keyin bir umr uni
o'ylab, siqilib yurishlarini
xohlamadi ... Dilnoza esa,
onasini gapini ko'ngliga
qattiq olib, Elyorni so'ngi
kunlarida yonida bo'la
olmadi. Elyor har kun uning
derazasi oldida kelib, ma'yus
nigohlari bilan, tikilib turardi.
"Nega o'shanda tashqariga
chiqmadim, nega u kishidan
xafa bo'ldim ?" deya, Dilnoza
achchiq ko'z yosh to'kdi.
Elyor, Dilnozani tabassumini
so'ngi bor ko'rish uchun,
umrining so'ngi kunlarini,
uning derazasi oldida
o'tkazdi. Ko'chada yomg'ir
yog'ishiga qaramay,
qalbidagi sevgi olovi uni
dadil ushlab turdi. Ammo,
Dilnoza ...
Eh attang ... Ba'zan inson,
kimningdir, yoki qaysidir
yaqin kishisini qadrini, kech
anglab yetarkan ... "So'ngi
pushaymon, o'zinga
dushman" deyishadi-ku ...
E'tiboringiz uchun
tashakkur !
Категория: SEVGI | Просмотров: 723 | Добавил: BORIYA
Всего комментариев: 141 2 »
05:17
ZO'R
05:17
ZO'R
05:14
ZO'R
05:14
ZO'R
05:14
ZO'R
16:58
zo`r
16:58
zo`r
16:58
zo`r
16:58
qoyil
16:57
qoyil
1-10 11-14
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]