05:25 ERIDAN ARZ QILGAN AYOL | |
roziyallohu anhu, huzuriga kelib: — Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmadi va: — Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi. — Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q. Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu: — Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi. — Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar. — Ayol eridan "zavjiyat (er- xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir” deb shikoyat qilmoqchi edi. Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga: — Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar. — Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b. — Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq sening haqqingdir, — dedi xalifa. Shunda, Ka’b haligi odamga: — Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: "Agar yetim qizlarga adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar” (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi. Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga: — Sening bu topagonliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib tayinladilar». | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 657 | |
Всего комментариев: 5 | |
| |