17:31 Erkak va ayol haqida | |
Nima bo`ldi ko`p erlarga? balki jinlar chalishgan?! Nazarimda kiyimlari xotin bilan alishgan. Bozor ko`cha aylanarlar, kiyib ich kiyimini. Chunki xotin tortib olgan ustki kiyar shimini. Shim deb kiygan kalta shimi,arang yopar sonini. Balki ko`z-ko`z qilmoq bo`lar erkaklik nishonini. Axir to`gri kiymaysanmi ota-bobong ne kiygan? Alar kofircha kiyimdan har dam o`zlarin tiygan. Sochlar sal kam belda tayyor, pilik solib o`rgudek. Chin insonning bu holatni ko`zi yo`qdur ko`rgudey. Hujjatida erkak bo`lib quloqqa taqsa baldoq. O`z erkaklik vazifasin bajararkan ul qandoq??? Yana qiziq qo`l, bo`yinga turli taqin taqishlar. Tutib turli tamaki,chapillatar saqichlar. Otilgaydir ogizlardan har turli shaloq so`zlar. Bir ma'no yo`q jalanglagan ko`zlar foydani ko`zlar. Bunday hol bor barcha yurtda, har bir qishloq,ovulda. Chunki hayol Xaqda emas, hayollar bari pulda. Hayollarda har behayo, xarom ishni o`ylashlar. O`ylamasdir oilasin,hayolida o`ynashlar. Yana ne deb ta'rif qilay zotingning bunday kasin. Ta'rif tamom tez ayt unga,tezroq qilsin tavbasin. Go`zal bo`lsin har holating,so`zlaring bo`lsin bolday. Erkak erkak bo`lib qolsin, ayol qolsin ayolday. So`zlarim bo`lsa noo`rin, mendan qilmagil araz. Istarimki, sendan ketsin har turli illat, maraz. Shirin bo`lsin so`zing bo`lsin,qalb go`zal,iymon go`zal. Bo`lsin barcha dil bir go`zal bo`lsa, bo`lgaydir har yon go`zal. Go`zal so`zi nedir o`zi? avval Xaqqa yoqishdir. Barcha birday ul narsaga havas bilan boqishdir!!! | |
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 842 | |
Всего комментариев: 1 | |||||
| |||||