Главная » 2012 » Апрель » 13 » Eron internetdan uzilish haqidagi mish-mishlarni rad etdi
17:17
Eron internetdan uzilish haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Eron rasmiylari mamlakatni internetdan uzib qo‘yib, uning o‘rniga o‘z tarmog‘ini yaratishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqishdi. Bu haqda, Eron Telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirligi bayonotiga asoslanib, "Agence France-Presse”xabar bermoqda.

Avvalroq, rasmiy Tehron avgustdan "Google” va "Hotmail” kabi mashhur servislar blokirovka qilingan "toza internet”ni ishga tushirishni boshlashi haqida xabar berilgandi. Ularning o‘rniga Eron o‘zining qidiruv va pochta xizmatlarini ishga tushirishi taxmin qilingandi. "Business Times” va boshqa bir qator nashrlar esa avgustdan keyin eronliklar umuman internetdan uzib qo‘yilishi haqida yozishgandi.

Agentlikning qayd etishicha, Eronning butunjahon axborot to‘ridan yakkalanishi rejasi haqidagi axborot mamlakat telekommunikatsiyalar vaziri Rizo Toqipurning 1-aprel kuni e’lon qilingan intervyusiga asoslangan. Keyinroq vazirlik bu intervyu soxta ekanligi haqida bayonot bergan.

"AFP”ning yozishicha, Eron baribir faqat mamlakat ichida ishlaydigan yopiq "milliy axborot tarmog‘i”ni yaratishni rejalashtirmoqda. Toqipur bunday tarmoqni 2013-yilning martida ishga tushirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Vazir bunda internetga chiqish cheklanadimi yoki ikkala tarmoq ham birgalikda faoliyat olib boradimi – bu masalaga aniqlik kiritmagan.

Hozirning o‘zida Eronda bir qator internet-resurslar blokirovka qilingan. Xususan, eronlik internet foydalanuvchilar "Facebook” ijtimoiy tarmog‘idan foydalana olishmaydi.

9-aprel kuni Eronda 2012-yili Londonda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari sayti blokirovka qilingani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy Tehron avvalroq Olimpiya o‘yinlarining logotipida "Zion” (Sion) so‘zini o‘qib, Olimpiadani boykot qilish bilan tahdid qilgandi.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 581 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 1
14:22
Xaa.Ishlariga omad.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]