Главная » 2014 » Октябрь » 19 » Facebook ma’muriyati AQSh hukumatidan qalbaki akkauntlardan foydalanmaslikni talab qildi
09:51
Facebook ma’muriyati AQSh hukumatidan qalbaki akkauntlardan foydalanmaslikni talab qildi

Facebook kompaniyasi AQShning giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi (DEA)dan qidiruv-surishtiruv tadbirlari va tergov ishlari doirasida ijtimoiy tarmoqlarda qalbaki akkauntlardan foydalanmaslikni kafolat berishni talab qildi, deb xabar bermoqda  “RIA Novosti”.

Associated Press agentligining xabar berishicha, Facebook xavfsizlik xizmati rahbari Djo Sallivan o‘zining DEA ma’muriyatiga yo‘llagan xatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar “oddiy foydalanuvchilarga taaluqli bo‘lgan qoidalarga amal qilishlari lozimligi”ni ta’kidladi.

“Mazkur qoidalar o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishga taqiqni nazarda tutadi”, ─ deb qayd etdi Sallivan. Agentlikning ma’lum qilishicha, u Nyu-York fuqarosining shikoyatidan so‘ng tegishli xatni yuborgan. Shikoyat qiluvchi ayol DEA’ning noma’lum xodimi o‘sha ayol nomi bilan qalbaki sahifa ochib, uning telefonida saqlanuvchi suratlarni tarqatganligini ma’lum qilgan.

Jabrlanuvchining ta’kidlashicha, uning uyali aloqa vositasi xotirasidagi suratlar 2010-yilning iyul oyida ayolga giyohvand moddalarni saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yilib, hibsga olingan paytda telefonidan ko‘chirib olingan.

O‘z navbatida, AQSh Adliya vazirligining vakili Brayan Fellon mazkur ma’lumot sinchiklab o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 520 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]