Главная » 2012 » Январь » 30 » FARISHTACHAM
01:02
FARISHTACHAM
Salom yolg’onchi farishtam! Bir umrga san bilan birga bo’laman deb , bir umrga qaytmas bo’lib tashlab ketding. Mani kechir, nima qilay yolg’izlikka ko’nikolmasam, nima qilay bu majruh yurak sensizlikka chidayolmasa. Hali hamon yuragimdasan. Bugun sani tushimda ko’ribman. Mandan hafa bo’lgan emishsan, “ mani unitib qo’yyapsiz deb”. Yo’q – yo’q sani hecham unutganim yo’q. Senga bergan vadam uchun olayotgan har bir nafasimda seni eslayman. Kimni ko’zlariga qaramay sani manga jilmayib qarab turishlaring ko’z oldimga keladi. Ko’zimni yumsam sani ko’raman, ko’zimni ochsam sani ko’rgim keladi. Shuning uchun uzoq – uzoq ko’zlarimni yumib turgim keladi. Ba’zida shu ko’zlarim bir umrga yumilsa-yu, sani diydoringga to’yishga oshiqardim deb o’ylab qolaman. Mana tug’ulgan kunim yaqinlashib kelyapti. Sandan sovg’a kutyapman, bilaman buni iloji yo’q. O’tgan yili tug’ulgan kunimga qilgan sovg’ang umrim davomida olgan sovg’alarim orasida eng manga yoqqani bo’lgan, manimcha bundan buyog’iga ham manga bunaqangi ajoyib sovg’a qilishmasa kerak. O’sha sovg’a qilgan sevgi izhoring hali hamon yuragim qarida tikonli qafasga o’ralgan holda saqlanib turibdi. Uni yuragimdan bir necha marta uloqtirib tashlamoqchi bo’ldim, lekin tikanlari qo’limga sayilib ketdi. Har bir nafas olganimda tikanlari yuragimga botib shirin azob beradi. Aslida manga bergan barcha sovg’alaring bir – biridan ajoyib edi. Bilasanmi tug’ulgan kuningga 8 kun qolgandi. Mandan tug’ulgan kuningga iltimos qilgan sovg’ang esingdami? “ DUNYODAGI ENG ANTIQA SEVGI IZHORI ”. Vadamga binoan sovg’a tayyorladim, lekin bu sovg’ani qo’llaringdan tutgancha, ko’zlaringga tikilgancha senga tortiq qila olmadim. Bu mani yuragimdagi bir umrlik armonim bo’lib qoladi. Esingdami shifoxonadagi oxirgi uchrashganimiz. Ko’zlaring mani yolg’iz tashlab ketma, mani qutqar, yashashni istayman deyayotgandek edi. Qo’limdan hech narsa kelmadi, mani kechir iltimos!!!?
Категория: SEVGI | Просмотров: 611 | Добавил: TEKTONIK
Всего комментариев: 6
14:54
gap yo
23:11
ex a4inarli sevgi
13:47
zur
13:47
hm
13:22
Xa raxmat yeg'lavoro'rmapsz
05:36
Juda tasirli ekan uqib közimga yosh keldi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]