Главная » 2012 » Июнь » 23 » Farzandni Alloh beradi.
18:34
Farzandni Alloh beradi.

Dunyoga chuqur nazar bilan qaray boshlaganimdan buyon hayot Yaratganning ulug` mo`jizasi ekanligiga iqror bo`lmoqda edim. Ha, hayot g`oyat go`zal, maftunkor va mo`jizakor. Biz, odamlar esa nodonligimiz bois bu mo`jizani anglab yashash o`rniga undan nolir ekanmiz. O`zim guvoh bo`lgan bir voqeani ibrat bo`lib qolar degan niyatda sizlarga so`zlab bermoqchiman.
Andijondan bir ayol uyimizga keldi. Shikoyatlarini eshitib, zarur maslahatlarni bergandan so`ng, Unga ruhiy yupanch bo`lsin deb Qur`on suralaridagi ba`zi oyatlarni o`qib berdim. "Alloh bilguvchidir" degan oyatni o`qishim bilan ayol inkor qilgan holda shunday dedi:

 

 - Kechirasiz, Alloh hamma narsani ham bilavermas ekan. Mana, qizim ikki yildirki, farzandga zor. Biz bormagan shifokor, tabib, tilamagan, qadamjo qolmadi. Alloh bilganda, bola berardi. Har xil yengiloyoqlarga beradi, lekin keragiga bermaydi!

Ayolga gap aytish befoydaligini angladim, qizini olib kelishini so`radim. Bir hafta o`tar-o`tmas ayol qizi bilan kirib keldi.

23 yoshda turmushga chiqqan bo`lishiga qaramay, qarshimda qalbi hali go`dak erka bir qizchani ko`rdim. Alloh bilguchi. U jismni emas, ichidagi jonniholatini ham bilguchi. Jism onalikka tayyor bo`lsada jism ichidagi jon hali go`dak. Qalbimdan Allohga hamd aytim-da, bemorga kuzatishlarimni so`zladim. Ona gaplarimni betoqatlik bilan eshitgach, dedi:

 - Sizga befarzandligini sababini bilish uchun amas, balki farzand tilab bering, deb kelganmiz, qo`lingizdan kelsa, davolang, bo`lmasa qataylik.

Nainki jismim balki ruhi ham davolashga muhtojligini, vazifam shundan iboratligini tushuntirishga urindim. Axir, kasaallikning asl sababini topmay turib Ona tushunishni istamagan haqiqatni go`dak qalbili qizi tushunarmidi! Azbaroyi noilojlikdan talablariga ko`nib, 10 kunlik muolajani taklif qildim. Ular rozi bo`lib qaytishdi.

Joynamozga o`tirib, Allohdan uning ishlariga aralashayotganim uchun kechirishini so`radim, go`dak qalbli kelinga farzand berishini tilab iltijo qildim.

10 kun g`oyat tez o`tdi. Keyin - bemorimga tinmay nasihat qilar, o`z ko`nglimda uni bo`lajak onalik vazifasiga tayyorladim.

Oradan ikki oy o`tib, ona-bola yana kelishdi. Suyunchili habar his etgan yuragim quvonib urardi.
Albim Bejiz quvonmagan, kelin homilador bo`lgan edi. Iltijolarimiz O`ziga yetibdi. en onadan ham ana shunday shukronani kutardim, afsuski u yana diy-diyosini boshladi:

- Hayotxon, bo`yida bo`lari bo`lib, bolaginamning tomog`idan ovqat o`tmay qoldi. Boshqorong`iligi biram og`ir o`tyapti-ey! Sho`rlikkinam juda qiynalipti-da, yordam bervoring...

Onaning yoniga qizi ham qo`shilishdi:

- Toksikozi munchayam yomon ekan, opa, umuman chidab bo`lmayapti. Charchab ketdim, hali yana sakkiz oy qanday qilarkinman? Yaratganning qahrini keltirmang, shukur deng.

- Shukur qiling, singlim biroz sabrli bo`ling, axir ko`pchilik orzu qiladi bu kunlarga yetishni.

- Voy-ey, sakkiz oy o`tishini ayting,  - qo`shildi ona "qizalog`ini" bag`riga bosib.

- Sabr opa, sabr. Qancha-qancha kelinchaklar homilador bo`lyapti, ko`pchiligining bo`yidan tushib qolyapti.

Ha,  kelin boshqorong`u bo`ldiyu, boshim baloga qoldi. Sakkiz oy davomida har ikki haftada ara-dod bilan kelishadi, Nolishlarini sabr bilan eshitib, maslahat kuzataman. Ajab emas, bola tug`ilsa, shukur qilishar.

Afsus unday bo`lmadi, Bola tug`ilibdiki hamki, ona-boladan quvonch, shukur o`rniga shikoyat, nolish eshitardim. Emishki, bola injoq, ko`p yig`laydi, tun bilan kun farqini bilmaydi, ya`ni kunduzi uxlab, kechasi oonasiga tinim bermaydi.

Bu noshkurlikka yuragim chidolmadi. Munchoq ko`zlarini menga tikkancha, qandaydir sokin bo`lib qolgan bolani bag`rimga bosib, opaga aytdim: ko`ngilngizga qarab davoladim, ikkingiz, nainki sizlar, balki kuyovingiz, quda-andalaringiz kutgan bola tug`ildi, ammo buning shukuri, rahmati qani? Shu go`dak bag`ringizda tug`ilib nima ko`rdi, bilasizmi? Og`ir bo`yligingizdagi barcha injiqliklaringiz, nolalaringiz, isyonlaringiz uning yurakchasiga yozilib bo`ldi. U ona joniga shodlik emas, og`riq, sitam olib kelganligini sizning holatingizdan sezdi.

Ha, qizaloq, yoshing 23 da bo`lsa, aqling, joning hali bola edi. Bola joning, aqling ona bo`lmasligini bilgan Alloh senga farzand bermayotgan, qalban loyiq bo`lishingni kutayotgan edi. Ammo shu zayl isyon qilaversang, bolangni olib qo`ysa, netasan? Axir berguchi ham, olguchi ham o`zi ...

So`zlarim ona-bolananing yuragiga nishtarday sanchilsa-da, gapirishim shart edi. Ona-bola qo`chqorday sog`lom dilbandlarini bag`riga bosgancha, hayirlashib ketishdi.

Hayotimdagi bu voqea ulug` dars edi. Inson bilimsizligi sababi Allohdan nimani hohlasa, shuni so`raydi. Parvardigori olam esa bilguchiroq, u tilaganimizni biz hohlaganda emas, shunga tayyor bo`lganimizda beradi.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 627 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 1
21:12
hammaga nasib qilsin .Shirindan shakar bolachalar man juda yaxshi kuraman smile
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]