12:03 Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi | |
Bezgak bilan og‘riyotgan qizcha 12-iyul, shanba kuni shifokorlar tomonidan o‘ldi, deb qayd etildi. Ertasi kuni unga cherkovda dafn marosimiga tayyorgarlik ketayotganda qo‘shnilardan biri tobutni ochdi va bolaning qimirlayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng qizchaning tomir urishi tekshirildi va uning tirik ekani ma’lum bo‘ldi. Qizaloqning ota-onasi unga suv berib, shifoxonaga, so‘ng uyga olib bordi. Bu vaqt mobaynida bola harakatsiz holatda bo‘lgan. Hozirda uning qarindoshlari malakali shifokor qidirmoqda. Manba: Daryo.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 632 | |
Всего комментариев: 0 | |