Главная » 2011 » Октябрь » 27 » Fitnes bilan shug'ullanishga undovchi 10 sabab
12:09
Fitnes bilan shug'ullanishga undovchi 10 sabab
Kunlardan bir kuni fitness bilan shug'ullanishga qat'iy qaror qildingiz va zalga yo'l olingiz. Ammo bir oydan so'ng mashqlarga borish kundan kunga og'ir bo'la boshladi. Mashg'ulotlarni ko'proq va uzoq vaqtga qoldira boshladingiz. Tanish vaziyatmi? Unda quyidagi maslahatlarimiz fitness zaliga muntazam qatnashingizga yordam beradi.
1. Kerakli anjomlaringizni oldindan sumkaga solib qo'ying. Bu sizni samarali ish faoliyatiga undaydi, ongingiz esa bugun kechqurun zalga borishingiz kerakligini qayd etib qo'yadi. Agar yana mashqlardan qochsangiz, yig'ib qo'yilgan sumkani ko'rib vijdoningiz qiynaladi.


2. O'zingizga yoqimtoy murabbiyni toping. Sizni ehtiyotlik bilan gantellarni tik ko'tarishga o'rgatadigan mushaklari o'ynab turgan yosh instruktor kabi hech kim muntazam mashg'ulotlarga rag'batlantirmasa kerak.


3. Yarim yillik abonement pulini to'lab qo'ying. Agar kattaroq miqdorda pul to'lab qo'ysangiz, erinchoqlik pullaringizni behudaga sarflashingiz uchun sabab bo'lolmasligini anglaysiz.


4. Musiqa ohanglari ostida mashq qiling. Musiqa ohanglari ostida mashq qiluvchilar kamroq charchashi hamda mashqlarni quvnoqroq va faolroq bajarishi kuzatilgan. Mashg'ulotlar uchun sevimli kuylaringiz yozilgan maxsus diskni oling. Yagona shart - musiqa raqsbop sho'x bo'lishi kerak.

5. Yaxshi tomonga o'zgarishlarni qayd etib boring. Hatto eng kichik ijobiy o'zgarish ham mashqlarni ko'proq va g'ayrat bilan bajarishga ilhomlantiradi. Muntazam ravishda vazningizni, belingizni o'lchab turing, natijalarni maxsus yon daftarchaga yozib boring.

6. Sizga hamfikr kishilarni izlang. Internetdagi fitnes-forumlarda muloqot qiling, mashqlarga keladigan boshqa qizlar bilan tanishing. Yangi mashq uslublari, samarali mashqlar, sog'lom ovqat to'g'risidagi suhbatlar fitnes bilan shug'ullanishga bo'lgan qiziqishingizni qo'llab turadi.

7. Biror o'rtog'ingiz bilan ikki oydan so'ng bir necha kilogrammga ozishingiz to'g'risida garov o'ynang. O'zingizni bu ishga rag'batlantirish uchun muayyan miqdorda pul ham tiking. Sizni yutqazib qo'yish ehtimoli yoki biroz pul ishlab olish imkoniyati "qamchilab" turadi.

8. Har bir mashqni qayd qilib borishingiz uchun devor kalendarini yuriting. Kalendarda bo'yalgan sanalar qanchalik ko'p bo'lsa, o'zingizni shunchalik hurmat qila boshlaysiz. qoldirgan mashqlaringizni o'zingizga jazo sifatida keyingi oyga o'tkazing.

9. Mashqlar uchun o'zingizga eng qulay vaqtni tanlang. Agar o'zingizni ertalablari tetik sezsangiz - ishga borgunga qadar mashq qiling. Agar ertalab lanjlikni his qilsangiz - zalga kechqurun boring. Mashqlarni o'zingizni majburlab toliqqan holda emas, balki tetiklik va g'ayrat bilan bajarsangiz ular sizga ko'proq foyda beradi.

10. Tez-tez ko'zguga qarab turing. Agar qomatingizda kamchiliklar bo'lsa, bu ham sizni yaxshi tomonga o'zgarishga undaydi.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 865 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 2
00:55
axa
00:23
o zo'r malumot
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]