21:12 Gaz tariflari 14 foizga qimmatlashadi | |
Vazirlar Mahkamasi 1-apreldan boshlab aholi va ulgurji iste’molchilar tomonidan ishlatilayotgan tabiiy gaz uchun yangi tariflarni joriy etadi. Unga ko‘ra, aholiga yetkazib berilayotgan 1 kubometr gaz, hisoblagich bo‘lgan taqdirda, 94,5 so‘mdan 107,7 so‘mgacha yoki 14 foizga oshirilgan. Bu haqda "Gazeta.uz” xabar bermoqda. Hisoblagich yo‘q bo‘lsa, ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun ishlatilayotgan gazning har 10 kubometri 1862,65 so‘m etib belgilangan (hozirgi tarif 1633,9 so‘mga teng). Isitish tizimi uchun foydalaniladigan gazning har 10 kubometri bahosi 757,7 so‘mdan 863,8 so‘mgacha oshirilgan. "Gazeta.uz”ning qayd etishicha, 1-aprelgacha ishlatilgan gaz uchun aholi, hisoblagich ko‘rsatkichlariga asosan, 10-aprelga qadar eski narxlarda to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Gazga belgilangan narx-navolarning to‘liq jadvalini "Olam.uz” internet-nashri e’lon qilgan. "Gazeta.uz”ning qayd etishicha, gaz uchun tariflar oxirgi marta o‘tgan yilning oktabr oyidan oshirilgan edi. 1-apreldan e’tiboran, shuningdek, elektr-energiya hamda sovuq va issiq suv, isitish tizimi xizmatlari uchun narxlari oshiriladi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 622 | |
Всего комментариев: 5 | |
| |