Главная » 2014 » Апрель » 12 » Germaniyada xato tufayli Gitlerning rasmi tushirilgan chashkalar sotuvga chiqdi
01:42
Germaniyada xato tufayli Gitlerning rasmi tushirilgan chashkalar sotuvga chiqdi


Germaniyada xato tufayli Gitlerning surati tushirilgan chashkalar savdoga chiqarildi. Bu haqda Neue Westfaelische nashri ma’lumotiga tayanib Gazeta.ru xabar berdi.

Fashistlar yo‘lboshchisining surati aks etgan bunday idishlarni Shimoliy Vestfaliya hududida joylashgan Zurbrüggen mebellar tarmog‘idagi do‘konlarda uchratish mumkin edi. Dizayn muallifi Gitlerning rasmini fashistlar hukmronlik qilgan davrdagi eski markalarning biridan olgan. Idishning naqshlarida hatto svastikani (uchlari qayrilgan xoch shaklidagi fashistlar belgisi) ko‘rish mumkin.

Savdo tarmoqlari egasi Kristian Syurbruggen yuzaga kelgan mazkur noxush hodisa uchun uzr so‘radi. U ushbu holat “axmoqona falakning gardishi” bilan bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zurbrüggen vakillari bunday chashkalarni Xitoydagi ta’minotchidan olgan. Taxminlarga ko‘ra, dizayner Gitlerni tanimagan.

Gitlerning rasmi tushirilgan chashkalarning umumiy miqdori 5 mingtani tashkil etadi. Chashkalarni ochib, savdo shoxobchalariga tarqatish jarayonida mazkur xato sezilmagan. Mahsulot ayni paytda savdodan olib tashlandi. Xato topilguniga qadar 175 dona chashka sotilib ulgurgan. Xarid qilingan idishlarni qaytarganlar uchun 20 yevrolik sertifikat va’da qilindi.
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 520 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]