15:13 Germaniyalik o‘spirin yo‘qolgan iPhone’ini qidirish uchun hovuzni quritdi | |
Kyolnlik ismi oshkor qilinmayotgan maktab o‘quvchisi do‘stlari bilan baliq tutgani boradi. U mashg‘ulotga berilib ketganidan telefonini tasodifan suvga tushirib yuboradi. Yigitcha qanday qilib bo‘lsa-da, o‘z gadjetini olishga qaror qiladi. Avval u mahalliy baliq ovlash klubiga murojaat qilib, g‘avvoslar kiyimi berishlarini so‘raydi. Ulardan rad javobi olgach, bola hozuvni quritishga bel bog‘laydi. Topqir yigitcha ikkita rezina ichak va nasos olib, ular yordamida hovuzdagi suvni yaqin atrofda joylashgan jamoat hojatxonasiga hayday boshlaydi. Biroq kanalizatsiya tizimiga ulanmagani uchun hojatxonadan suv toshib ketadi. Ertasi kuni hojatxona joylashgan manzilgoh xo‘jayini o‘z muassasasining katta ko‘lmakka aylanib qolganini ko‘radi va politsiyaga murojaat qiladi. Toshqin sodir etgan o‘spirinni tutib keltirishadi hamda hojatxonaga zarar yetkazgani, to‘xtash joyini ifloslantirgani va hovuzdan suvni haydagani uchun jarimaga tortiladi. Suvni yana hovuzga qaytarishadi. Shuncha ovoragarchiliklarga qaramay, yigit telefonini topa olmadi. Biroq u umidsizlikka tushmadi. “Topilishiga sal qoldi-ku!” — dedi u. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 611 | |
Всего комментариев: 0 | |