Главная » 2012 » Апрель » 8 » Google’dan qo‘shimcha reallik – “Terminator ochkisi”
12:48
Google’dan qo‘shimcha reallik – “Terminator ochkisi”
Google internet-giganti qo‘shimcha reallika ega bo‘lgan yangi turdagi ochkilarni sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Esingizda bo‘lsa, bundan bir-ikki oy avval Google’ning maxfiy laboratoriyasi hamda unda ishlab chiqilayotgan yangicha ochkilar – "Terminator ochkisi” haqida mishmishlar tarqalgandi. Bugun o‘sha mishmishlar o‘zini oqladi, Google ilk marta o‘sha ochkilarning rasmini hamda qanday ishlashi haqidagi video-rolikni ommaga namoyish qildi.

Google’ning yangi gadjeti ustidagi ishlarni "Project Glass” ("Ochki loyihasi”) loyihasi olib borayotgan bo‘lib, uning uchun Google+ ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifa ham ochilgan.
Quyidagi rasmlarda esa o‘sha ochkilar tasvirlangan:

Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, Google’ning yangi ochkilari siz bilan biz odatda taqadigan ochkilarga o‘xshamaydi. 

Hozircha Google yangi ochkilarning texnik xarakteristikalarini ma’lum qilganicha yo‘q. Biroq, katta ehtimollik bilan unda ichki o‘rnatilgan dinamika, mikrofon, GPS va Wi-Fi modullarining bo‘lishi shubhasizdir.

Bunday ochkilar egasiga yangi kelgan xat-xabarlar haqida ogohlantiradi, belgilangan uchrashuv haqida eslatib turadi, kerakli manzilga borish uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi, yo‘nalishlar belgilangan xaritani sizga namoyish qiladi. Boshni qimirlatib, ochkiga buyruq berish mumkin.

Ochkiga o‘rnatilgan kamera foto va videolarni tasvirga olishdan tashqari atrofdagi vaziyatni tahlil qilish uchun ham ishlatiladi. Masalan, rolikda ko‘rsatilganidek, siz uni taqib, oynaga qarasangiz, ekranda ob-havo ma’lumoti paydo bo‘ladi.

P.S. Ha, bu ochkilar ham Android operatsion tizimi asosida ishlaydi.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 754 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 7
15:33
zo'rku
14:53
Qoyil zørku ochkilar,malumot yaxshi raxmat
12:06
malumot un raxmat
13:10
qoyil
13:02
malumot un raxmat
13:01
uzb ga qachon kelarkana
13:00
ana bumasa mana buni achki disa buladi gap yoge
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]