17:28 “Hayot uchun futbol!”da aktyorlar jamoasi g‘olib chiqdi | |
23-aprel kuni Toshkentdagi "Jar” stadionida "Hayot uchun!” shiori ostida xayriya shou-futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Kun.uz” shou-uchrashuvdan maxsus fotoreportaj tayyorladi. Ko‘krak bezi saratoni hastaligiga chalingan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salomatligini mustahkamlash yo‘lida "Fond Forum” tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda estrada va kino yulduzlari, "Kelajak ovozi” YTM vakillari hamda bir qator boshqa mashhur shaxslar ishtirok etishdi. Muxlislar bilan to‘lib to‘shgan "Jar” stadionidagi (so‘nggi marta mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu tashrifida shunday hol kuzatilgandi) shou-futbol xayriya yo‘lida o‘tkazilishi bilan bir qatorda, yig‘ilganlarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi. Avvaliga "Kelajak ovozi” jamoasi vakillari Rashid Xoliqov murabbiyligidagi o‘zbek estradasi yulduzlariga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida ustun kelishdi. Ikkinchi va haqiqiy shouga aylanib ketgan o‘yinda estrada yulduzlari Muhammadiso Abdulxayirov boshqaruvidagi aktyorlar jamoasiga qarshi kurash olib borishdi. O‘yinni Osiyoning so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov boshqardi. Ikkinchi o‘yin ssenariy asosida olib borildi. Aktyorlar darvozasini qo‘riqlagan Shukurullo Isroilov va uning doimiy hamrohi Halimaning chiqishlari, Abduhoshim Ismoilovga shifokorlik vazifasi topshirilgani, o‘yin paytidagi ikki jamoa a’zolarining janjali va buning oqibatida 2012-yilning "eng yaxshi erkak aktyori”ning maydondan chetlatilishi kabilar bunga misol bo‘la oladi. Shou-futboldan keyin Mirjalol Qosimov, Ignatiy Nesterov, Ravshan Ermatov kabi o‘zbek futbolining mashhur shaxslari jamoalarga maxsus medallar topshirishdi. O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova maxsus esdalik Kubokni aktyorlar jamoasiga, aniqrog‘i marhum qo‘shiqchi Mo‘min Oripovning o‘g‘liga taqdim etdi. | |
Категория: Shou biznes | Просмотров: 793 | |
Всего комментариев: 3 | |
| |