22:01 “Hayot uchun!” yakuniy marafonida 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi | |
"Hayot uchun!” xayriya forum-marafoni 1-may kuni yakuniga yetdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Shifo topish uchun yugurish” shiori ostida o‘tkazilgan Toshkentdagi yakuniy marafonda 20 mingdan 33 ming nafargacha kishi ishtirok etgan. "Toshkent” telekanalining kechki "Poytaxt” informatsion dasturida tarqatilgan xabarga ko‘ra, marafonda 33 ming kishi ishtirok etgan. Marafon tashkilotchilaridan biri – "Fond Forum”ning Vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova o‘z Tvitterida tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, marafonda 20 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, O‘zbekiston bo‘yicha ishtirok etganlar soni esa taxminan 40 mingga yaqin bo‘lgan. 26-martdan 24-aprelgacha "Fond Forum”, "Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi, "Hayot uchun!” ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan marafonning viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tgandi. "Fond Forum” sayti ma’lumotlariga ko‘ra, marafon ilk tashkil etilgan 2010-yilda unda 5 ming kishi ishtirok etgan. 2011-yilgi marafon esa mamlakatning har bir viloyatida tashkil etilib, unda 23 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, Toshkentdagi yakuniy bosqichda esa 10 ming kishi qatnashgan. Marafondan ko‘zlangan maqsad saraton kasalliklariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, kasallikning oldini olish uchun tekshiruvdan o‘tish zaruriyati haqida ayollarni ogohlantirish hamada muntazam ravishda mammografik ko‘riklardan bepul o‘tish imkoniyatini berishdir. Marafondan tushgan barcha mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollar uchun dori-darmon sotib olsih va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ayollarni tekshiruvdan o‘tkazish uchun tashkil etiladigan aksiyalarga sarflanadi. 23-aprel kuni "Hayot uchun futbol!” xayriya futbol uchrashuv tashkil etilgan edi. | |
Категория: Shou biznes | Просмотров: 833 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |