Главная » 2012 » Апрель » 11 » Indoneziya qirg‘oqlarida 8,7 balli zilzila bo‘ldi
20:55
Indoneziya qirg‘oqlarida 8,7 balli zilzila bo‘ldi

Indoneziyaning Sumatra oroli qirg‘oqlarida 11-aprel, chorshanba kuni kuchli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, "Reuters” axborot agentligiga asoslanib, "Lenta.ru” internet-nashri xabar bermoqda.

AQSH Geologiya xizmati dastlab zilzila kuchini 8,9 ball etib belgiladi, biroq keyinroq bu ko‘rsatkichni 8,7gacha pasaytirdi. Zilzila markazi Achex viloyati markazi – Banda-Achex shahridan 308 mil uzoqlikda joylashgan. Zilzila kuchi Tailand, Hindiston va Singapurda ham sezilgan.

Indoneziyaning tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududida elektr-energiya ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Geologlar hali belgilarini aniqlashmagan bo‘lsa-da, hukumat sunami xavfini e’lon qilgan. Shundan so‘ng Achex viloyati aholisi vahimada o‘z uy-joylarini tashlab chiqib, yangi boshpana qidirmoqda. Indoneziya hukumati Achexga qutqaruvchilarni yuborgan. Hududda keyinroq magnitudasi 6,5ga teng bo‘lgan aftershok kuzatilgan.

"Agence France-Presse” xabariga ko‘ra, Tailand janubida ham sunami xavfi e’lon qilingan. Mamlakat hukumati Andaman dengizi bo‘yidagi aholini evakuatsiya qilishni boshlagan.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 607 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 3
14:31
Xa yaxshi bømapti.Xech qaerda bølmasin bu voqea.
10:34
exe hudo saqlasin bunaqa tabiiy ofatdan
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]