Главная » 2012 » Апрель » 3 » Internetni bugungi ko‘rinishgacha olib kelgan 40 kishi
17:41
Internetni bugungi ko‘rinishgacha olib kelgan 40 kishi

Internetning yaratilishi bilan dunyo yanada yorqinroq va yaqinroq bo‘la boshladi. Endilikda kishilar gazeta o‘qishdan ko‘ra veb-sahifalarni titishni afzal ko‘ra boshladi. Avvallari xat-xabar almashishda qog‘ozlardan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda oddiygina elektron pochta yordamida buni amalga oshirish mumkin. Biz bugungi kunda Internetda kino ko‘rishimiz, biznes yuritishimiz, tovar va xizmatlarni xarid qilishimiz mumkin.

Xo‘sh, bularning barchasi kimlarning xizmati evaziga amalga oshdi? Kimlar Internetni bugungi ko‘rinishgacha olib keldi. Quyida bu haqda to‘xtalib o‘tamiz.

1-2. Vint Serf va Bob Kan (Vint Cerf and Bob Kahn)

Internet otasi

Vint Serf va Bob Kan birgalikda Internetda kompyuterlarni bir-biriga bog‘lanishini nazorat qilivchi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) jamlanmasini yaratishgan.

3. Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee)

WWW asoschisi

Tim Berners-Li Xalqaro o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web)ni yaratgan. U lik marta mijoz va server o‘rtasidagi aloqa, ya’ni gipermatnni yozgan. Bugungi kunda u veb-standartlarni yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanmoqda. Ayni paytda u Xalqaro o‘rgimchak to‘ri konsorsiumi (W3C – World Wide Web Consortium) direktori hisoblanadi.

4. Rey Tomlinson (Ray Tomlinson)

E-mail otasi

Dasturchi Rey Tomlinson ilk marta dunyoning turli nuqtalarida joylashgan elektron mashinalar o‘rtasida xabar almashish imkoniyatini yaratdi. U elektron pochta manzillarini ifodalash uchun "@” belgisini o‘ylab topgan. Bugungi kunda har kuni milliardlab kishilar "@” belgisini ishlatadi.

5. Maykl Xart (Michael Hart)

Elektron kitoblarning paydo bo‘lishi

Maykl Xart kishilar o‘rtasida savodsizlikni kamaytirish maqsadida elektron kitoblarni yaratishni boshlagan. U Gutenberg loyihasining asoschisi hisoblanadi va mazkur loyiha dunyodagi ilk elektron kutubxona sifatida e’tirof etiladi

6. Geri Tyurk (Gary Thuerk)

Ilk e-mail spami

Spam – bu, eski marketing usullaridan biridir. Geri Tyurk ilk marta xaridorlarga ommaviy electron xabar jo‘natgan shaxs hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, o‘shanda u ilk spamni yaratganligini hatto bilmagan ham ekan.

7. Skott Falman (Scott Fahlman)

Ilk smaylik

Skott Falman ilk marta ASCII-belgili smaylikni yaratgan shaxs hisoblanadi. U hazil tariqasida yozilgan xabarlarni jiddiy xabarlardan farqlash uchun bunday "kulgich”lardan foydalangan. Bugungi kunda har birimiz smayliklardan messenjer dasturlarida, turli onlayn-suhbat, ya’ni chatlarda hamda elektron pochtalarda foydalanamiz.

8. Mark Andressen (Marc Andreessen)

Netscape Navigator

Mark Andressen Internet-navigatsiya borasida inqilob qildi. U ilk marta foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanilgan Mosaic nomli veb-brauzerni ishlab chiqdi. Keyinchalik u Netscape Navigator nomi ostida tijoriy maqsadlarda qo‘llanila boshlandi. Hozirda Mark Andrissen Ning kompaniyasining asoschilaridan bir va uning direktori hisoblanadi. Bundan tashqari u Digg, Plazes va Twitter kabi internet-loyihalarda o‘z ulushiga ega.

9. Yarkko Oykarinen (Jarkko Oikarinen)

Internet Relay Chat, IRC

Yarkko Oykarinen ilk marta Finlandiyada Internet Relay Chat deb nomlangan onlayn-chatga asos solgan. IRC ning mashhurligi 1991-yilga kelib o‘z nihoyasiga yetdi. Iroq davlati Quvaytni bosib olgandan so‘ng radio va televideniye signallari uzilib qoldi. Biroq IRC yordamida so‘nggi axborotlarni tarqatib turildi.

10. Robert Tappan Morris (Robert Tappan Morris)

Ilk "chuvalchang” virusi

Chuvalchang virusi (inglizcha, worm virus) g‘oyasi odatiy xakerlik faoliyatidan tubdan farq qiladi. Bunda siz tarmoqqa kirish o‘rniga kichkinagina dasturchani yuborsiz va u o‘ziga "yuklatilgan” vazifani bajaradi. Ushbu g‘oya asosida Robert Tappan Morris "Morris chuvalchangi” (Morris Worm)ni yaratdi. Bu virus internetda tarqalgan eng birinchi viruslardan bo‘lib, u minglab dollar "zarar” keltirishga muvaffaq bo‘lgan.



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 718 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 161 2 »
15:04
Internet bølmasa zerikib qosak kere.Raxmat malumot uchun
16:55
raxmat
14:14
Xm
20:54
Raxmat malumot u.n
11:43
raxmat
07:41
zur
07:11
Raxmat
00:15
malumot un raxmat
21:59
qolganlari qani?
19:38
E'tiborila uchun rahmat
1-10 11-16
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]